73
O‘tkazilaѐtgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmokdaki, bugungi
o‘quvchilarning aksariyati o‘qishga qiziqmay quyishdi. Buning sabablaridan biri dars
mobaynida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqotning umuman yo‘qligidir.
SHuningdek,
umumiy
o‘rta
maktabda, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim
muassasalarida hamkorlik pedagogikasi, xalq tarbiyashunosligi va pedagogik
ruhshunoslar xizmati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Umuman olganda, o‘qituvchi
o‘zining kuchli va zaif tomonlarini har doim anglashi kerak. Ayrim o‘qituvchilar
o‘zlarining
zaif tomonlarini, ayniqsa, o‘z sohalari bo‘yicha etarlicha bilimga ega
emasliklarini ѐpish uchun o‘quvchiga ortiqcha talablar qo‘yadilar. O‘quvchilar
o‘qituvchining bo‘sh tomonini tez anglaydilar. SHuning uchun, u hadiksirab emas,
balki o‘qituvchi hurmatini joyiga qo‘yib munosabatga kirishishi mumkin.
Bunday
muhitni vao‘quvchilarning ruhiy kayfiyatini o‘qituvchi ba’zan sezmaydi.
O‘quvchilar o‘qituvchini har doim kuzatib boradilar. Ular undan iliq so‘z, mehr –
muhabbat va muruvvat kutadilar.
Hozir pedagogika fani oldida ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish
muammosi turibdi. SHunday sharoitda, ba’zan o‘qituvchining tashqi qiѐfasi ham
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekin bularning ichida eng muhimi va o‘quvchi
uchun eng ahamiyatlisi - o‘qituvchining bilimdonligi, yangilik va dunѐviy bilimlarga
chanqoqligi, uning so‘zi bilan ishining muvofiq kelishi, o‘quvchilarni izlanishga,
bilimlarni
mustaqil egallashga, har bir fanning mohiyatini tushunishga, ishga ijodiy
ѐndashuvishga undashi va erkin fikrlashi hamda mustaqil ishlash uchun sharoit
yaratishi bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko‘p
yillik ish tajribalari va
kuzatishlar, o‘qituvchi hamisha o‘z ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma va malakalarni
takomillashtirib
borishi
kerakligini
ko‘rsatmoqda. O‘qituvchi pedagogik
mahoratining kundan-kunga o‘sib borishi, o‘quv jaraënida
yangi pedagogik va
axborot texnologiyalarini qo‘llay olishini kuchayishi, uning pedagogik faoliyatida
amalga oshadi. O‘qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligini, odatda, uning
mahoratini kuzatish, o‘taëtgan darslarini tahlil qilish orqali bilish mumkin. Bunday
ishlarni ko‘pincha vazirlikning mas’ul xodimi, ta’lim muassasasi rahbari ѐki
metodistlar, o‘qituvchi va uslubiy birlashma boshliqlari amalga oshiradilar.
O‘qituvchi darsiga kirish va tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ygan shaxs, avvalambor,
dars tahliliga kirgungacha, dars tahliliga kirish va uni kuzatish vaqtidagi hamda dars
tugagandan keyingi harakatlarini aniq belgilab olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: