Dars tahlilida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xato va kamchiliklar Darsni maqsadli, malakali tahlil qilish, ayniqsa, ѐsh va tajribasiz maktab
rahbari va o‘qituvchilari uchun oson emas. Kuzatishlar va tajriba-sinov natijalarini
hisobga olgan holda, rahbar va o‘qituvchilar tomonidan tez-tez yo‘l qo‘yiladigan
xato va kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Darsda
o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan qiziqishlarini
faollashtirishning turli xil yo‘llaridan foydalanib, o‘qituvchi sinfning yuqori
faolligiga erishadi, shu bilan bir qatorda ayrim o‘quvchilar uning nazaridan chetda
qoladi va o‘quvchilarning bir qismi o‘quv jaraѐnida faol ishtirok etmaydilar.
2.Soxta ―muammolilik‖. Muammoli o‘qitish metodlaridan qanday bo‘lmasin
foydalanishga harakat qilib, o‘qituvchi ayrim hollarda o‘z savollariga o‘quvchilardan
to‘la fikrlanmagan taxminiy javoblar oladi.
3. O‘quvchilarni mustaqil ishlatish mobaynida yo‘lga qo‘yiladigan xatolar: dars jaraѐnida o‘quvchi tomonidan bajarilgan o‘quv topshiriqlarini
tekshirmaslik;
o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash uchun qulay pedagogik vaziyatni
vujudga keltirmasdan, o‘quv jaraѐnini oldindan batafsil tahlil qilish;
o‘quvchilarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun ularning ѐshlari va
fanlarning xususiyatlarini hisobga olmasdan, ularga ortiqcha o‘quv vazifalari berish.
4. Muvaffaqiyatli o‘qitish qoidalarini buzish: darsda ko‘rgazmali qurollarni me’ѐridan ko‘p ishlatish;
o‘qitishning texnik vositalaridan noo‘rin foydalanish;
sun’iy tarzda zamonaviylikka intilish va tarbiyaviy daqiqalardan o‘z
o‘rnida foydalanmaslik.
5.Asosiy ilmiy dalillar, qonuniyatlar, formulalar va isbotlash usullarining
o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlash-tirilishiga sovuq-qonlik bilan qarash; og‘zaki
so‘rov metodidan maqsadga muvofiq tarzda foydalanmaslik.
6. Har bir o‘quvchi va sinfdagi o‘quvchilar jamoasini to‘liq o‘rganmasdan
turli sinflarda bir xil metodlar ѐrdamida dars o‘tish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar
va zamonaviy metodlardan samarali foydalana olmaslik, tabaqalashtirib o‘qitishga
e’tibor qaratmaslik, o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etish
chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ko‘rilmasligi.
7. Dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmaslik, darsda yangi
bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga tegishli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmaslik va
ularni me’ѐridan ortiqcha hamda to‘liq tushunib etilmagan uy vazifalari bilan band
qilib qo‘yish, shuningdek, uyga berilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha zarur
izohlar, sharhlar va tavsiyalar berilmasligi tufayli o‘quv jaraѐni samaradorligining
past bo‘lishiga sabab bo‘ladi.