Nazorat uchun savollar:
1. Maktab boshqaruvida ichki nazoratni o‘rni nimadan iborat?
2. Maktab rahbaridan ichki nazoratni tashkil etishda nimalar talab etiladi?
3. Maktabda ichki nazoratni amalga oshirish uchun qanday maqsadlarni
amalga oshirish muvofiqdir?
4. Motivatsiya va nazorat qilish muammolari, ularning echimi nimalardan
iborat?
5. Ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishni ta’minlashi uchun qanday
muhim jihatlarga ega bo‘lishi kerak.
91
11-mavzu: Maktabda dars jadvalini tuzishning ilmiy-metodik jihatlari
( 2 soat amaliy mashg‘ulot)
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda maktabda dars jadvalini
tuzishning ilmiy-metodik jihatlariga oid bilimlarni rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda turli interfaol metodlardan
foydalaniladi.
1-guruh uchun topshiriq – dars jadvali tuzish - o‘quv-tarbiya jaraѐnini
rivojlantirish
2-guruh uchun topshiriq – pedagog xodimlarning ish faoliyatini tashkiliy
jihatdan ilmiy asoslanishi
3-guruh uchun topshiriq – dars jadvalini tuzishni metodik va me’ѐriy talablari
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN NAZARIY MATERIAL
Dars jadvali tuzish - o‘quv-tarbiya jaraѐnini rivojlantirish
O‘quv-tarbiya jaraѐnini rivojlantirish va pedagog xodimlarning ish faoliyatini
tashkiliy jihatdan ilmiy asosda olib borish dars jadvalining ilmiy jihatdan to‘g‘ri
tuzishga bog‘liq. SHuningdek, bu ishning oqilona bajarilishi o‘qituvchilarning ish
faoliyatini jadallashtirish, o‘quv-tarbiya jaraѐnining samaradorligini ta’minlash,
o‘quvchilarni o‘quv dars mashg‘ulotlari davomida charchab qolmasliklari hamda
ularga sinfdan va maktabdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari
uchun imkoniyatlar yaratishdir.
Maktabda o‘quv dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning
mehnat va dam olishini ta’minlab turish o‘quv jaraѐnini tashkil etishning muhim
shartlaridan biri hisoblanadi. Agar maktabda o‘quvchining kun tartibi to‘g‘ri
taqsimlangan bo‘lsa, u kun mobaynida yuqori ishchanlik faoliyatini saqlab qoladi.
Aks holda o‘quvchi o‘tilgan mavzuni yaxshi tushunmaydi va o‘zlashtira olmaydi, bu
esa o‘quvchining darsdan tashqari faoliyat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallagan kun tartibi
ham buziladi.
Dars jadvali – o‘quv muassasasi faoliyatidagi asosiy rasmiy hujjatlardan biri
hisoblanadi. Ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan ѐndashuvilib
tuzilgan dars jadvali ta’lim muassasasi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishini
ta’minlaydi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalari takomillashib boraѐtgan davrda,
xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, dars jadvalini kompyuter texnikasidan
foydalanib tuzish dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu modelga quyidagi parametrlar
kiritiladi: maktabning manzili; o‘qituvchilarning ismi sharifi; fani; dars beradigan
sinflari; haftalik dars yuklamasi; metodik kuni va h. k.
Dars jadvalini tuzishda: o‘quvchilarning ѐsh xususiyatlari, qaysi sinfda
o‘qishlari, o‘quv fanlarining murakkablik darajasi, o‘qituvchilarning malaka va
tajribalari kabi asosiy talablarga tayaniladi. Agar malakasiz o‘qituvchining darsi
malakali va tajribali o‘qituvchinikidan kam bo‘lsa, u holda tajribasiz o‘qituvchining
darsini oldingi soatlarga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning o‘quv faoliyati bilan
shug‘ullanishlari o‘rtacha 8–9-sinflarda 12–13 soatni tashkil etadi. Bu haqda
o‘quvchilardan yaxshi o‘qish, fanlarni o‘zlashtirishlari uchun nima halaqit
bermoqda? – degan savolga javob topish uchun ular orasida maxsus so‘rovnomalar
92
o‘tkazilganda, o‘rtacha 45 foiz o‘quvchilar ―o‘quv materiallari va uy vazifalarining
murakkabligi hamda dars jadvalining tizimlilikka e’tibor bermagan holda
tuzilganligi‖, deb javob berdilar. Kundalik dars jadvaliga murakkablik darajasi yuqori
bo‘lgan o‘quv fanlarining qo‘yilishi hamda uy vazifalarining tig‘iz va belgilangan
me’ѐridan ortiqcha berilishi o‘quvchining aqliy zo‘riqishiga olib keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quv kunining birinchi soatida
o‘quvchilarning ish qobiliyatlari pastroq bo‘lib, 2–3-soatlarda ularning ishchanlik
qobiliyati rivojlanadi, 4-soatda esa, ularda charchash alomatlari sezila boshlaydi, 5–
6-soatlarda esa, o‘quvchilarning ish qobiliyati keskin pasayadi. SHuning uchun
kuchli aqliy faoliyatni talab qiladigan matematika, fizika, kimѐ, ona tili, xorijiy tillar
kabi o‘quv fanlarining imkoni boricha 1–4-soatlarga qo‘yilishi maqsadga
muvofiqdir. Agar o‘qituvchilarning dars yuklamalari kam bo‘lsa, ularning
qo‘shimcha imkoniyatlaridan unumli foydalanish mumkin.
Ko‘p yillik tajribalar va xorijiy davlatlarning (xususan Rossiya) pedagog
olimlarining kuzatishlariga ko‘ra dars jadvalini tuzishda sinflar kesimida yuqori
samaradorlikka hamda past ko‘rsatgichga ega bo‘lgan o‘quv kunlari quyidagi
jadvalda keltirilgan
ushbu jadvalni tavsiya sifatida qabul qilish mumkin, chunki, bu jadvaldan
barcha parallel sinflar uchun bir xilda foydalanish mumkin emas. CHunki, ayrim
sinflarda o‘quvchilarning o‘rtacha faolligi yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘quv
fanlarini o‘quv materialining mazmun-mohiyatiga ko‘ra, murakkab va nisbatan oson
o‘quv fanlariga ajratish mumkin. Bunda o‘quv materialining mazmuni,
o‘qituvchining dars berish metodikasi, uslubiy mahorati, muloqot madaniyati,
o‘quvchilarning mazkur fanga qiziqishi va faolligini e’tiborga olish kerak.
Ko‘p yillik tajribalarimiz, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlar,
so‘rovnomalar, savol-javoblarning natijalari, 1-4 sinf o‘quvchilarining matematika
darsidan keyin o‘zlashtirish qobiliyati sustlashishi, tabiatshunoslik va rasm
darslaridan so‘ng, aksincha, o‘zlashtirish, eslab qolish va ishlash qobiliyati
rivojlanishini ko‘rsatdi.
Bola fiziologik xususiyati toliqishga moyildir. Jumladan, psixologiyada 5–7
ѐshli bola 15, 8–10 ѐshli bola 20, 11–12 ѐshli bola 25, 13–15 ѐshli bola esa 30 daqiqa
davomida diqqatni bir nuqtaga qarata olishi (faol bo‘lishi) aniqlangan.
Bolalarda toliqish asosan 2 bosqichda kechadi: toliqishning birinchi
bosqichida ularning harakatlarida bezovtalik va sabrsizlik ko‘rinishlari paydo
bo‘ladi, ikkinchi bosqichda esa, faoliyat tezligining pasayishi va reflektor reaksiyalar
yashirin davrining uzayishi kuzatiladi.
Matematika, fizika, kimѐ, rus tili, ona tili va shunga o‘xshash fanlardan
nazorat ishlari o‘quvchilar asab tizimining ish faoliyati eng yuqori bo‘lgan vaqtlarda
– seshanba, chorshanba kunlari 2–3-soatlarda olinishi maqsadga muvofiqdir. Juma,
shanba kunlari nazorat ishlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq emas, chunki
o‘quvchilar asab tizimi haftaning bu kunlarida ancha toliqqan bo‘ladi.
Fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan mak-tab(sinf)lar va
ixtisoslashtirilgan
maktab-internatlarda
maxsus
fanlar
xususiyatlari
va
o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ayni bir turdosh o‘quv fanini 2
soat mobaynida ketma-ket qo‘yish mumkin. Ayni bir o‘quv fani 2 soat ketma-ket
qo‘yilgandan keyin boshqa o‘quv predmeti ketma-ket qo‘yilmaydi. O‘quv rejasida 1
93
ѐki 2 soat berilgan fanlarni dars jadvaliga ketma-ket 2 soatdan qo‘yish tavsiya
etilmaydi. Ketma-ket 2 soat qo‘yilgan o‘quv fanlarini dars jadvaliga qo‘yishda
albatta sinf o‘quvchilarining ѐsh xususiyatlari hisobga olinadi. CHunki, bolalar miya
qobig‘i hujayralarining bir guruhiga asosiy o‘quv yuklamasi tushib, uning asab
tizimida himoyalanish va harakatsizlanish vujudga keladi. Natijada bolaning asab
tizimi signallarni qabul qilmaydi.
Uy vazifasini bajarishga ko‘p vaqt sarflanadigan o‘quv fanlarini dars
jadvaliga bir kunda ketma-ket kiritish tavsiya etilmaydi.
Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarning ѐsh xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ta’lim jaraѐnida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan
izchil foydalanish yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |