95
maktab istiqbolini belgilash, strategiya
va taktikasini amalga oshirish, har
tomonlama hamkorlik o‘rnatish orqali maktabda DTSning o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilishini kafolatlash;
o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan yangilik, ilg‘or pedagogik texnologiya,
tajriba-sinov ishi natijalari va chet el tajribalari,
shuningdek, shaxsiy malaka oshirish orqali
pedagogik jamoaning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirishga xizmat qilish.
Ko‘pincha pedagogik kengash va ishlab chiqarish majlislarida shaxsan rahbar ѐki
uning o‘rinbosari ma’ruza qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, boshqaruvda har doim samara
beravermaydi. Ushbu ishlarga metodbirlashma rahbarlari va ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan
pedagoglarni ham jalb etish zarur. Kengash va turli yig‘ilishlarga tayѐrgarlik ko‘rishda
rahbar quyidagilarga rioya qilishi lozim:
kengash mavzusini ta’lim mazmunini takomillashtirish va rivojlantirishlarga
yo‘naltirilgan aniq va ravshan tanlay bilish;
maqsadni oldindan aniq belgilash;
kengashdan kutilaѐtgan natijalarni oldindan ko‘ra olish;
o‘rinli, amaliy, ijro etish mumkin bo‘lgan tavsiyalar
qabul qilish va vazifalar
belgilash;
Rahbar chiqishlar uchun mo‘ljallangan ma’ruzalarni tayѐrlashda quyidagilarga
amal qilishi lozim:
ma’ruza mavzusi qisqa, maqsadi aniq va reja asosida bo‘lishini ta’minlash
Metodbirlashmalarning vazifalari:
1. Tegishli yo‘nalish ѐki o‘quv fanini o‘qitishga doir me’ѐriy va metodik
hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jaraѐniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi.
2. O‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan
yutuqlari,
pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiѐtlar bilan muntazam
tanishtirib boradi.
3. Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi.
SHuningdek, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan
tayѐrlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.
4. Malaka oshirishga yuboradigan o‘qituvchilarni oldindan rejalashtiradi,
malaka oshirishdan qaytgan o‘qituvchilarning hisoboti o‘z vaqtida metodbirlashma
yig‘ilishlarida tinglab boriladi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi.
5. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganishni
tashkil qiladi va
ommalashtiradi.
6. Davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlari bajarilishining
ta’minlanishiga metodik ѐrdam ko‘rsatadi.
7. Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, DTS talablari bajarilishida
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
8. Tegishli yo‘nalish ѐki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik
ta’minotga bo‘lgan ehtiѐjni aniqlaydi.
9. O‘quvchilarga chuqur bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
ѐrdam berish maqsadida o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etishni tashkil qiladi.
10. O‘qituvchilarning darslarini o‘zaro
kuzatish tashkil qiladi, natijalarni
tahlil qilib mutaxassislarga amaliy ѐrdam beradi.
96
11. O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi,
ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganadi, umumlashtiradi va
ommalashtiradi.
12. O‘quv jaraѐniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali
usullarini
olib kiradi, o‘quv fani bo‘yicha yangiliklarni qo‘llashga doir metodik
ko‘rsatmalar berib boradi.
13. YOsh mutaxassislarga metodik ѐrdam beradi. Ustoz-shogird tizimini
shakllantiradi.
14. YAngi o‘quv dasturi, darslik, metodik qo‘llanma va boshqa metodik
ishlarni yangi nashrlarni, shuningdek, fanga doir maqolalarni o‘rganadi va
muhokama qiladi.
16. O‘quvchilarning DTS va o‘quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini mavjud
mezonlarga rioya etishni nazorat qiladi.
IZOH: qolgan vazifalar metodbirlashma
Dostları ilə paylaş: