Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


O‘quv-pedagogik hujjatlar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

O‘quv-pedagogik hujjatlar  
Maktab o‘quv-pedagogik hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
o‘quvchilar harakati daftari, buyruqlar daftari, umumiy o‘rta va o‘rta ma’lumot 
haqidagi shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, maktab pedagogik 
kengashining baѐnnomalari daftari, maktab pedagogik jamoasi shaxsiy tarkibini qayd 
etish daftari, o‘qituvchilar tomonidan qoldirilgan va qoplangan darslarni qayd etish 
daftari, sinf jurnallari, kuni uzaytirilgan guruh jurnallari, o‘quvchilar shaxsiy 
hujjatlari va boshqalar.
O‘quvchilar harakati, buyruqlar, pedagogik kengash baѐnnomalari, umumiy 
o‘rta, o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalar, pedagogik jamoa shaxsiy 
tarkibini qayd etish daftarlari qat’iy nazoratdagi hujjatlar bo‘lib, maktab rahbari 
almashganda dalolatnoma asosida yangi direktorga topshiriladi. Dalolatnoma yangi 
va sobiq maktab direktorlari va xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan 
imzolanadi.
O‘quvchilar harakati daftari (saqlanish muddati 50 yil)  


106 
O‘quvchilar harakati daftariga barcha o‘quvchilarning familiyasi va ismlari 
sinflar bo‘yicha alifbo tartibida to‘liq ѐziladi (masalan, Nazarbekova Gulnoza). Har 
o‘quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug‘i asosida birinchi 
sinfga qabul qilingan o‘quvchilar alohida betlarga, ѐzgi ta’til davomida boshqa 
sinflarga qabul qilingan o‘quvchilar belgilangan sahifaga qayd etiladi. O‘quv yili 
davomida direktor buyrug‘i bilan maktabga qabul qilingan o‘quvchilar sinf 
sahifalariga bir haftadan kechiktirmasdan qayd etiladi.
Har bir sinf uchun ajratilgan sahifada maktabga qabul qilingan o‘quvchilarni 
qayd etish uchun 15 qatordan kam bo‘lmagan bo‘sh joy qoldiriladi.
YOzgi ta’til davomida maktabdan ketgan o‘quvchilar haqida (maktab rahbari 
buyrug‘i bilan rasmiylashtirilganidan so‘ng) 15 sentyabrgacha, o‘quv yili davomida 
ketgan o‘quvchilar haqida (tegishli buyruq qabul qilinganidan so‘ng) bir hafta 
muddatda harakat daftariga tegishli ѐzuvlar kiritiladi («Eslatma» ustuniga «ketgan» 
so‘zi va buyruqni qabul qilish sanasi va soni qayd etiladi).
Maktabni bitirib ketgan o‘quvchilarga «Eslatma» ustunida «maktabni 
bitirgan» deb ѐziladi va tegishli pedagogik kengash qarorining sanasi va tartibi qayd 
etiladi.
Maktabdan ketgan o‘quvchi ma’lum vaqtdan keyin maktabga qayta qabul 
qilingan taqdirda uni yuqoridagi tartibda rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir, 
ya’ni o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. SHu bilan birga avvalgi 
ѐzilgan satrda «Eslatma» ustunida o‘quvchining maktabdan ketganligi haqidagi ѐzuv 
tepasiga yangi qabul haqidagi buyruqni qayd etish mumkin.
Daftardagi ѐzuvlar xatosiz va aniq bo‘lishi shart. Barcha tuzatishlar 
izohlanadi va maktab rahbari tomonidan imzolanadi.
Daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, ip bilan tikiladi, tuman(shahar) xalq 
ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin