TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN NAZARIY MATERIAL Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida nazoratda bo‘lgan o‘quv, tarbiyaviy, pedagogik xujjatlar va ularni saqlanish tartibi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rasmiy hujjatlarini yagona tartibga
keltirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning bajarilishi barcha xalq ta’limi
boshqaruvi organlari hodimlari va maktab rahbarlari tomonidan majburiydir.
Ma’lumki, maktab jamoalari faoliyatining turli yo‘nalishlari (o‘quv-tarbiya
ishlari, xo‘jalik, moliya, ish yuritish va statistik ma’lumot ishlari va boshqalar)
tegishli hujjatlarda aks ettiriladi. Ushbu hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi maktabning
boshqarish darajasini yaxshilashga ѐrdam beradi.
Yo‘riqnomada maktab hujjatlarining tarkibi, saqlash muddati, yuritish tartibi,
qisqa mazmuni qayd etilgan hamda amaliѐtda uchraydigan ayrim kamchiliklarning
oldini olishga qaratilgan.
Maktab hujjatlarini muddatida, to‘g‘ri va sifatli rasmiylashtirish mas’uliyati
maktab rahbari zimmasiga yuklatiladi. Maktab rahbari buyruq bilan hujjatlarni
bevosita yuritish uchun mas’ul shaxslarni tayinlaydi. Mas’ul shaxslar hujjatlarni
vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtiradilar, bajarilishini nazorat qiladilar. Zarur hollarda
hujjat mazmuni bilan maktab jamoasini ѐki ayrim tegishli shaxslarni tanishtiradilar,
hujjatlarning yuritilishi va topshiriqlar bajarilishi haqida maktab rahbariga axborot
berib turadilar.
Agar maktab hujjatlarini to‘ldirish vaqtida xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu
quyidagi tartibda tuzatiladi: xato ѐzilgan so‘z ѐki raqamning ustidan bemalol o‘qish
imkonini beradigan chiziq chiziladi (xatoni o‘chirish ѐki ustidan qog‘oz ѐpishtirish),
ya’ni xato so‘z ѐki raqamni ko‘rinmaydigan holga keltirish qat’iy man etiladi.
CHizilgan xato so‘z ѐki raqam tepasiga to‘g‘ri ѐzuv ѐziladi.
Hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar barcha tuzatishlarni izohlaydilar va
imzolaydilar.