Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

ARIZA NAMUNASI 
Toshkent sh. M.Ulugbek tumani
375-sonli umumta’lim maktab Direktori
A. P. Abdullaevga
Toshkent sh. M.Ulugbek tumani
Axmedova ko‘chasi, 25 uyda yashovchi
U.M. Kurbanovdan
Ariza
Meni 2018 yil 20 avgustdan boshlab matematika fani o‘qituvchisi etib ishga qabul 
qilishingizni so‘rayman.
Sana (SHaxsiy imzo) U. M. Kurbanov
Arizani olgach, direktor arizaga rezolyusiya qo‘yishi kerak. Rezolyusiya 
aniqlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.
Masalan: 20.08.18 y.dan buyruq chiqarilsin.
Ish beruvchi arizani olganidan so‘ng, barcha zarur hujjatlar bor bo‘lsa, 
mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Barcha mehnat shartnomalari maxsus mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
O‘zR MKning 74-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega 
bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi hamda tomonlarning har biriga saqlash uchun 
beriladi, ta’lim muassasasida mehnat shartnomasi xodimning shaxsiy delosida 
saqlanadi.


101 
Mehnat shartnomasi xodimning, ta’lim muassasasi rahbarining imzolari bilan 
tasdiqlanadi va imzolangan sanasi ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasi rahbarining imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
O‘zR MKning 75-moddaga ko‘ra Mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz 
muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta 
tuzilishi mumkin emas.
Ta’lim muassasasi rahbari xodimlar bilan mehnat shartnomasini nomuayyan 
muddatga tuzadi.
Kelgusi ish xususiyati, uni bajarish shartlarini hisobga olib mehnat 
shartnomasini nomuayyan muddatga tuzish mumkin bo‘lmagan holatlarda, u 
muayyan muddatga tuzilishi mumkin. Muayyan muddatga tuzilgan mehnat 
shartnomasi muddatli shartnoma hisoblanadi. Muddatli shartnomalar mavsumiy 
xodimlar bilan (pechka ѐquvchi, o‘t ѐquvchi va h.k.) shu ishni bajaruvchi aѐllar bola 
tug‘ish ta’tilida bo‘lishi muddatiga tuzilishi mumkin va h.k.Mehnat shartnomasi 
imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilangan kundan 
boshlab mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi shart.
Agar mehnat shartnomasida ishni boshlash sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
xodim shartnoma imzolangandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ishga 
kirishishi kerak. 
Ta’lim muassasasi rahbarining imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
O‘zR MKning 75-moddaga ko‘ra Mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz 
muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta 
tuzilishi mumkin emas.
Ta’lim muassasasi rahbari xodimlar bilan mehnat shartnomasini nomuayyan 
muddatga tuzadi.
Kelgusi ish xususiyati, uni bajarish shartlarini hisobga olib mehnat 
shartnomasini nomuayyan muddatga tuzish mumkin bo‘lmagan holatlarda, u 
muayyan muddatga tuzilishi mumkin. Muayyan muddatga tuzilgan mehnat 
shartnomasi muddatli shartnoma hisoblanadi. Muddatli shartnomalar mavsumiy 
xodimlar bilan (pechka ѐquvchi, o‘t ѐquvchi va h.k.) shu ishni bajaruvchi aѐllar bola 
tug‘ish ta’tilida bo‘lishi muddatiga tuzilishi mumkin va h.k.
Mehnat shartnomasi imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi. Xodim 
shartnomada belgilangan kundan boshlab mehnat majburiyatlarini bajarishga 
kirishishi shart.


102 
Agar mehnat shartnomasida ishni boshlash sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
xodim shartnoma imzolangandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ishga 
kirishishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi xizmatchilar 
lavozimlari va ishchilar kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari, kasb 
tayѐrgarligi yo‘nalishlariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rsatgan holda, mehnat 
shartnomasi va tashkilotlarning shtat jadvalini tuzish;
mehnat daftarchalariga ѐzuvlarni kiritish;
mehnat munosabatlari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish;
lavozimlar va kasblarni xodimlarning (boshqaruv, texnik, xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va boshqa xodimlarning) tegishli 
toifalariga kiritish;
rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilarning lavozimlari hamda 
ishchilar kasblari nomlarini birxillashtirish;
kadrlar (mutaxassislar)ning ma’lumoti darajasini, malaka toifasini hisobga 
olgan holda ularni joy-joyiga samarali qo‘yish;
xodimlar toifalari bo‘yicha mehnat hisobi, tahlili va statistikasini yuritish 
uchun mo‘ljallangan.
Ushbu malaka tavsiflarida xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblarining 
alifbo tartibida joylashtirilgan nomlari;
Kasblarning milliy standart klassifikatoriga muvofiq xizmatchilar lavozimlari 
va ishchilar kasblari kodlari;
xizmatchilarning aniq lavozimlari va ishchilar kasblari tegishli bo‘lgan 
xodimlar toifalari nomlari;
xizmatchi lavozimiga ѐki ishchi kasbi bo‘yicha ishga qabul qilishda 
funksional vazifalarni bajarish uchun talab qilinadigan xodim ma’lumotining eng 
kam darajasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘rsatmalar mavjud.
Mazkur malaka tavsiflarining maqsadlari uchun quyidagi ta’rif va 
tushunchalardan foydalaniladi:
a) lavozim - xodimning tashkiliy-boshqaruv ѐki ma’muriy-xo‘jalik 
funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq funksional vazifalari doirasi bilan bog‘liq xizmat 
mavqei;
b) kasb - xodim tomonidan kasbga o‘qish ѐki amaliѐt natijasida egallangan 
bilimlar va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oluvchi mehnat faoliyati turi;
v) xizmatchilar - hujjatlarni tayѐrlaydigan va rasmiylashtiradigan, hisob va 
nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xo‘jalik xizmatini amalga 
oshiradigan xodimlar;
g) mutaxassislar - boshqaruv funksiyalarisiz ishlab chiqarish jaraѐnlarini 
rejalashtiradigan, loyihalashtiradigan va nazorat qiladigan, murakkab texnikaga 
xizmat ko‘rsatadigan, hujjatlarni ishlab chiqadigan, xodimlarni boshqaradigan, 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati jaraѐnlarini tartibga soladigan 
xodimlar. Mutaxassislar bajaradigan funksiyalariga bog‘liq holda boshqaruv va 
ishlab chiqarish xodimlariga mansub bo‘lishi mumkin;
d) ishchilar - mehnat quroli ѐrdamida mehnat jaraѐnida ishlov berilishi kerak 
bo‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) ta’sir ko‘rsatadigan, asosan jismoniy 
mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, 


103 
sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini o‘zgartiradigan, mehnatning 
normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish 
texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar;
e) xodimlar toifasi – mehnat mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimi:
boshqaruv xodimlari – boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, 
xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, 
tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jaraѐnlarni tartibga soluvchi, 
zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayѐrlovchi xodimlar. Boshqaruv 
xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun 
zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari 
bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari 
mutaxassislariga bo‘linadi;
ishlab chiqarish xodimlari – tashkilotning iqtisodiy faoliyat turlari, 
shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan tegishli mahsulotlar (xizmatlar) 
klassifikatsiyasiga muvofiq bo‘lgan tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni 
ishlab chiqarish jaraѐnida bevosita qatnashadigan xodimlari. Ishlab chiqarish 
xodimlari tarkibiga boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lmagan muhandis xodimlar va 
texniklar, ishchilar, kichik mutaxassislar va ishlab chiqarish jaraѐnida bevosita 
qatnashadigan boshqa xodimlar kiradi; texnik xodimlar – funksiyasiga boshqaruv 
xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik 
jaraѐnlarni ta’minlash ishlarini bajarish (chop etish, ko‘paytirish va arxiv ishlarini 
bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni etkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat 
ko‘rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar - funksiyasiga binolar va hududlarga texnik 
xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash, boshqaruv xodimlariga 
transport xizmati ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat 
ko‘rsatish kiradigan xodimlar. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va 
ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari 
ham kiradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin