100
Masalan, ba’zi ta’lim muassasalari rahbarlari ishga kiraѐtgan
shaxsdan turar
joyidan ma’lumotnoma talab qiladilarki, bunga zaruriyat yo‘q, negaki, ishga kiruvchi
doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilingan, ya’ni yashash
joyi ko‘rsatilgan pasport kseronusxasini taqdim etishadi.
Boshqa zarur hujjatlar:
1. Jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi daftarchasi.
2. Bolalarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi.
3. Haydovchilar uchun: haydovchilik guvohnomasi,
ogohlantirish taloni,
083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
4. Joriy yilda mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsa, joriy yil boshidan
olgan daromadlari va ushlab qolingan daromad solig‘i miqdori to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma.
Ishga kirgan xodim bilan quyidagilar qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi:
1. SHaxsiy delo.
2. Pasport nusxasi.
3. Diplom nusxasi.
4. Tarjimai hol.
5. Ariza.
6. Mehnat shartnomasi.
7. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq.
8. Mehnat daftarchasiga qayd etish.
9. SHaxsiy varaqa va T-2 shaxsiy kartochkasi.
10. Ish haqi bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘i.
Ta’lim muassasasi rahbari o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra ish yurituvchi
vazifasini bajaruvchi xodimga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha
ko‘rsatma beradi.
Ishga kiraѐtgan xodim ariza ѐzadi.
Dostları ilə paylaş: