Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Dars jadvalini tuzishni metodik va me’ѐriy talablari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Dars jadvalini tuzishni metodik va me’ѐriy talablari  
Dars jadvalini tuzishda quyidagi metodik va me’ѐriy talablarga rioya qilish 
maqsadga muvofiq:  
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv rejasi va 
o‘quv dasturlari;
tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari tomonidan tasdiqlangan 
tarif (tarifikatsiya) jadvali;
dars jadvaliga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, metodik va gigienik 
talablar;
rahbarlar va pedagog kadrlarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodik kunlari;
maktab shifokori, psixologi hamda kasaba uyushmasi raisining dars 
jadvalini tuzish haqidagi tibbiy, psixologik, pedagogik-metodik xulosasi;
ayrim o‘quv fanlari, jumladan, xorijiy tillar, jismoniy tarbiya madaniyati, 
mehnat, informatika asoslari, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili 
va ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili darslarini guruhlarga 
ajratib o‘qitish haqidagi xulosa;
o‘quv fanlarining murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, ularning 
hafta kunlari bo‘yicha taqsimoti;
o‘qituvchilarning tajribasi hamda malakalari;
o‘qituvchilarning qayta tayѐrlash ѐki malaka oshirish rejasi;
o‘rindosh o‘qituvchilarning darslari;
o‘qituvchilarning shart-sharoitlari;
o‘qituvchilarni parallel sinflarga kirishida sinfdagi o‘quvchilar qobiliyati 
va darslar ketma-ketligi;
o‘qituvchilarning tajribasi va malakalarini hisobga olgan holda, ularga 
ajratiladigan bo‘sh (ochiq) soatlarni metodik jihatdan to‘g‘ri belgilash;
o‘qituvchilarning sinf rahbarligi;
darslar ketma-ket 2 soatdan qo‘yiladigan fanlar;
o‘quvchilarni ongli o‘quv mehnatlari, ѐsh xususiyatlari va gigienik 
holatlarini hisobga olish;
navbatlik o‘quvlarni hisobga olgan holda, o‘qituvchilarning darslarini 
taqsimlanganligi;


94 
texnik vositalar va teleko‘rsatuvlardan foydalanish imkoniyatlari;
kuni uzaytirilgan guruh(KUG)lar tashkil etilganligi;
dars mashg‘ulotlarining sinf (ѐki kabinet) tizimida amalga oshirilishiga 
ko‘ra ѐndashuvganligi;
kimѐ, fizika, informatika kabi o‘quv fanlarini boshqa ta’lim 
muassasalarida tashkil etish tajribasini.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin