89
xatti-harakati va olgan natijalari ushbu toifa xodimlari (o‘qituvchilari) uchun
o‘rtacha hisoblangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan xodimlarni jamoa oldida
e’tirof qiling;
o‘qituvchilar faoliyati natijalari va o‘qitish sifatini aniq baholash uchun
mezonlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqishda xodimlarni rahbarlar bilan birga ishtirok
etishga undang;
rahbariyat baѐni va mukofotning amaldagi tizimi o‘rtasida katta uzilishlar
qilmang; o‘quv jaraѐnini yaxshilash dasturi ishdan qanoat hosil qilishni oshirishga
qaratilgan deb ko‘rsatishga urinmang;
o‘zlari bilan ishni haqiqatda bajaruvchilar o‘rtasida uzilishni kengaytiruvchi
rahbarlar uchun maxsus imtiѐzlar berilishini qo‘llab-quvvatlamang.
Savol tug‘iladi: aytaylik, maktabning birorta muammosi yuzasidan qaror(ѐki
buyruq) chiqarish uchun direktor o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarni jalb qildi,
qaror ovoz berish orqali, ya’ni demokratik yo‘l bilan qabul qilindi.
Bunday qaror
har doim ham to‘g‘ri bo‘ladimi?
Amaliѐt shuni ko‘rsatadiki, bu doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Maktab
ma’muriyati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar maktab muammolarini
ko‘pincha bir xil tushunmaydilar, bir vaziyatning o‘zini turlicha baholaydilar. Sababi
aniq: bir qator masalalar bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lmaslik, o‘z huquqlari,
vakolatlari, mas’uliyat me’ѐrlari to‘g‘risida aniq tasavvurlar yo‘qligi.
Xulosa aniq: agar biz rasman emas, haqiqatan ham bu odamlarni qarorlar
chiqarishga jalb qilmoqchi bo‘lsak, ularni o‘qitish zarur. O‘quvchilar, o‘qituvchilar
va ota-onalar bilan ularning huquq va majburiyatlari, mas’uliyat me’ѐri bo‘yicha
tushuntirish ishlari olib borish, tegishli me’ѐriy hujjatlar bilan tanishtirish va
tushuntirish, huquqlardan amalda foydalanish imkonini berish, o‘zini o‘zi baholashga
o‘rgatish, zarur adabiѐt va axborotlar olishga erkin yo‘l ochish.
SHu tariqa biz boshqaruv aks-sadosiga erishishimiz mumkin:
boshkarish —
Dostları ilə paylaş: