83
5- mavzu: Maktabni boshqarishda ichki nazoratni tashkil etish
(2 soat amaliy mashg‘ulot)
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda ta’lim muassasasida
o‘quvchilarda tadqiqotchilikni rivolantirishga oid bilimlarni rivojlantirish
.
Amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda turli interfaol metodlardan
foydalaniladi.
1-guruh uchun topshiriq – maktab boshqaruvida ichki nazorat
2-guruh uchun topshiriq - motivatsiya va nazorat qilish muammolari,
ularning echimi.
3-guruh uchun topshiriq - samarali nazoratning olti tavsifi.
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN NAZARIY MATERIAL
Maktab boshqaruvida ichki nazorat
Maktabning ichki nazorati – bu maktab jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan ta’lim-
tarbiya jaraѐnini to‘g‘ri tashkil etish, har tomonlama chuqur o‘rganish va tahlil qilish,
kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatishdan iboratdir.
Maktab ichki nazorati o‘quvchilar bilan bir qatorda pedagogik jamoani ham
intizomga undaydi.
―Ta’lim to‘g‘risida‖gi Qonunning 2-moddasiga ko‘ra, ta’lim muassasalarida
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoa boshqaruvi organlari har bir
maktabda: pedagogik kengash, metodik kengash, metodbirlashma kengashi, ota-
onalar qo‘mitasi, jamoatchilik kengashi, vasiylik va homiylik kengashi,
o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (o‘quvchilar tashkiloti va etakchilar)
faoliyat ko‘rsatadilar.
Maktab boshqaruvida ichki nazorat:
maktab boshqaruvida ichki nazorat ilmiy asosda tashkil etilganda;
ichki nazoratni ta’minlash uchun eng optimal yo‘l tanlanganda;
maktab ichki nazoratini reja bilan tashkil qilib, maktab rahbarlari nazoratning
barcha ob’ektlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida aniq va puxta tasavvur hosil
qilganlarida;
ayrim fanlarni o‘qitish jaraѐnida tahlil qilinaѐtgan masala bo‘yicha metodik
ishlar, moddiy bazadan foydalanish samaradorligi, sust o‘zlashtiradigan va iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlash jaraѐni o‘rganilganda;
maktab rahbariyati ichki nazoratni yaxshi tashkil etish uchun vaqti, kuchi,
bilimi, g‘ayrati, shijoatini ayamaganda;
maktab rahbariyati har bir daqiqada maktabdagi ahvolni yaxshi bilgan
hollardagina kutilgan natijalarni beradi.
Dostları ilə paylaş: