Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Noan’anaviy – nostandart darslar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Noan’anaviy – nostandart darslar:  
1. Musobaqa va o‘yin shaklidagi darslar: tanlov, turnir, estafeta, duel, QZK 
(KVN), tadbirli o‘yin, rolli o‘yin, krossvord, viktorina.


78 
2. Ijtimoiy amaliѐtda ma’lum bo‘lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga 
asoslangan darslar: tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, sharh, 
«Aqliy hujum», intervyu, reportaj, taqriz, loyiha.  
3. Muloqotning og‘zaki shaklini eslatuvchi darslar: matbuot anjumani, 
auksion, benefis, miting, vaqti chegaralangan munozara, panorama, teleko‘prik, 
bildirgi, muloqot, «jonli gazeta», og‘zaki jurnal.  
4. O‘quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar: donolik 
darslari, ochiq tan olish, «dubler harakat boshlaydi» darsi.  
5. Xaѐliylashgan darslar: ertak dars, sovg‘a dars, XXI asr darsi.  
6. Muassasa va tashkilotlar faoliyatiga o‘xshash asoslangan darslar: sud, 
tergov, tribunal, patent byurosi, ilmiy kengash, muharrirlar kengashi, fermerlik.  
Dars turlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:  
1. YAngi materiallarni o‘rganish.
2. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan darslar.
3. Umumlashtirilgan darslar.
4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tahlil qilish va nazorat etish 
darslari.
Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko‘zlangan maqsad  
Darslarni kuzatish va tahlil qilishda maktab rahbarlari faol ishtirok etishlari 
lozim. Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad 
quyidagilardan iborat:  
1. 
O‘quv 
dasturlarining 
dars(pedagogik 
jaraѐn)da 
qay 
tarzda 
bajarilaѐtganligini nazorat qilish.
2. Dars jaraѐnida DTS talablarining bajarilishini aniqlash.
3. Mavzularning o‘qituvchi tomonidan qay darajada to‘g‘ri baѐn qilinishini 
kuzatish.
4. Darsda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha 
o‘qituvchiga aniq maslahatlar va yo‘nalishlar berish.
5. O‘qituvchining yaxshi tajribalarini o‘rganib, maktabdagi boshqa 
o‘qituvchilar o‘rtasida ommalashtirish.
6. O‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malaka, shuningdek 
ularning shaxsiy sifatlarini nazorat qilish.
7. Maktab rahbariyatida darslarni kuzatish bo‘yicha aniq reja hamda puxta 
ishlangan pedagogik tizimning mavjud bo‘lishi, ularning bu tadbirga tayѐrgarlik 
ko‘rishi, darsning samaradorlik darajasini nazorat qilishi, uni borishi haqida aniq 
xulosalar chiqarish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha 
o‘qituvchilarga takliflar berish malakasi bo‘lishi lozim.
8. Darsni kuzatgandan keyin tegishli xulosalar chiqarish va o‘qituvchiga 
uning atroflicha qilingan tahlilini do‘stona munosabatda taqdim etish kerak.
9. Tajribali o‘qituvchilarning bir necha darslarini kuzatgandan keyin, unga 
kuzatish natijalarini umumlashtirgan holda, tahlil qilib berish mumkin.
10. O‘quvchilardan nazorat ishlari olinganda, kuzatuvchi tomonidan uning- 
natijalarini aniqlagan holda, dars tahlilini bir kundan keyin berish maqsadga 
muvofiqdir.


79 
11. Darsni kuzatish va uni to‘g‘ri tahlil qilish o‘qituvchiga o‘z xatolarini 
anglab etish va bartaraf qilish imkonini beribgina qolmay, balki, uning keyingi 
darslarga tayѐrgarlik ko‘rishdagi mas’uliyatini oshiradi. Natijada o‘quvchilar 
chuqurroq bilim egallashlariga imkoniyat yaratiladi.
12. O‘qituvchining darsi bo‘yicha xulosa chiqarishda, uni tashkil etishga 
mo‘ljallangan ballarga asosan yakuniy baho berish maqsadga muvofiqdir. Agar 
o‘qituvchi to‘plagan ball 100 bilan 85 oralig‘ida bo‘lsa, uning faoliyati namunali, 84 
bilan 75 oralig‘ida ijobiy, 74 bilan 60 oralig‘ida qoniqarli, 60 dan past bo‘lgan holda 
esa qoniqarsiz bahoga ega bo‘ladi (2.1.1.-jadval). 13.O‘qituvchilar bir-birlarining 
darslarini kuzatish rejasini monitoring xonasida tashkil etilgan ―Ekran‖ga 
joylashtirish va har oyda kuzatish soni va sifati bo‘yicha yig‘ilishlarda hisobotlar 
berib borish tavsiya etiladi.
14. Maktab rahbarlari qachon, qaysi o‘qituvchining darsini kuzatganligini 
dars tahlili daftariga belgilab boradi. Dars tahlilini 2.1.1.-jadvalda keltirilgan 
mezonlar asosida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarning faoliyatini kuzatish, o‘rganish va ularning 
tahlillaridan ma’lumki, aksariyat maktablarda o‘qituvchilarning ko‘rgazmali, ochiq 
darslarni jamoa bo‘lib kuzatish, tajriba va malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning 
dars berish usullarining ѐsh o‘qituvchilar tomonidan o‘rganilishi mobaynida tashkil 
qilinaltgan darslarni texnik vositalar ѐrdamida amalga oshirish yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmagan.
Bu jaraѐnni ilmiy jihatdan asoslangan holda, to‘g‘ri tashkil etish hamda 
maktab ma’muriyati va ѐsh pedagoglarning muntazam ravishda darslarni kuzatishlari 
va nazorat qilishlari uchun ta’lim muassasalarida ―YOpiq kichik telestudiya‖lar 
tashkil qilish maqsadga muvofiq. Bu ishlarni tayanch maktablar (I bosqich)da va 
moddiy-texnika bazalari etarli hamda tajriba va malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 
soni ko‘p bo‘lgan maktablar (II bosqich)da amalga oshirilishi mumkin
Mazkur ―YOpiq kichik telestudiya‖lar ѐrdamida maktab rahbarlari, ѐsh 
o‘qituvchilar, yuqori tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar tomonidan ochiq darslarni 
ѐki tajribali, malakali va tajribasi ommalashtirilaѐtgan o‘qituvchilarning darslarini 
kuzatish va tahlil etish imkoniyati yaratiladi.
Dars jaraѐnida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan guruh va yakkama-yakka tartibda 
faoliyat yuritadi. Bunda quyidagi uslub va texnologiyalardan foydalanadi:
1. Algoritmlash (tayanch komponentlar, tayanch chizma, diagrammalar, 
qisqa axborotli tezislar).
2. Ijodiy topshiriqlar echish.
3. Modellashtirish (tahlil etish, muammoli savollar, manti-qiy tahlillar, qiѐsiy 
taqqoslashlar).
4. Aqliy hujum.
5. Sintetik (analoglar ѐrdamida) echim.
6. Nutq o‘stiruvchi dars.
7. Evristik suhbat (quyi sinflarda: yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan 
bilim berish; yuqori sinflarda: topqirlik, ziyraklik, faollikni rivojlantirishga ѐrdam 
beruvchi ta’lim usullari).

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin