84
chuqur tahlil qilishda demokratiya tamoyillariga asoslangan holda kamchilik-larni
ochiq, prinsipial, o‘z-o‘zini tanqid asosida ko‘rsatib berish kerak.
Maktabda ichki nazoratni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish
maqsadga muvofiqdir:
maqsadni bilish;
mavzuni tanlash;
monitoring dasturini tuzish (savollar to‘plash,
nazorat topshiriqlari,
testlar);
shakl va usullar tanlash;
ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil etish;
nazorat natijalari asosida maktabning buyrug‘i va qarorini chiqarish;
jamoada nazorat natijalarining pedagogik-monitoring tahlilini o‘tkazish;
ayrim fanlarni o‘qitish ahvolini o‘rganaѐtganda metodik ishlar, moddiy
texnika baza, sust o‘zlashtiraѐtgan va iqtidorli bolalar bilan ishlash;
o‘rinbosarlariga yuklatilgan ishlarning bajarilishi
haqidagi axborotni olib
turish, tekshiruv natijalarining pedagogik-monitoring tahlilini o‘tkazish, mavjud
natijalarga asoslangan holda xulosalar chiqarish;
metodbirlashmalar,
ilg‘or o‘qituvchilar va maktabdagi jamoat
tashkilotlariga tayanishi.
O‘quv yili davomida maktab yillik
ish rejasini pedagogik kengash, rahbar
huzuridagi yig‘ilishlarda nazorat qilib, tekshiriladigan fanlarning o‘qitilishi va
boshqa masalalar avgust oyidagi pedagogik
kengashda muhokama qilinib
tasdiqlanadi va o‘qituvchilar (monitoring) xonasida ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi.
Har bir rahbardan boshqaruv nazariyasi va amaliѐtini yaxshi darajada egallab
olishi, maktabni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish, tajribalarni har
tomonlama o‘rganish hamda uni maktab haѐtiga tatbiq qilish yo‘li bilan maktabning
ichki boshqaruv va nazorat tizimini qayta qurish va takomillashtirib
borishni talab
etadi.
Maktab
rahbari
ichki
nazoratni
ta’minlashda
o‘qituvchilarning
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zi yangicha tashabbuslar bilan chiqib, dolzarb
masalalarni ta’lim-tarbiya jaraѐniga yo‘naltirilgan ma’ruzalar qilishi va xodimlarga
ishonishi kerak.
Maktab boshqaruvida har bir maktabda o‘quv yilining boshida ichki
nazoratni ta’minlash uchun ichki nazorat tizimi yaratilishi lozim.
Buning uchun
doimiy nazorat qilinadigan sohalar tanlab olinadi va har bir o‘quv yili uchun davriy
ish jadvali tuziladi.
Dostları ilə paylaş: