98
shug‘ullanish yo‘li bilan ularning iste’dodini oshirishning majmua dasturi‖ga amal
qilinadi.
Ushbu dastur o‘qituvchilarni yangilikka intilishga va izlanishga chorlovchi,
mustaqil ravishda o‘z bilim va malakasini oshirib borishni ta’minlovchi, zamonaviy
ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni erkin o‘zlashtirishlariga
imkon beruvchi, ilmiy-metodik izlanish olib borishlariga sharoit yaratuvchi testlar,
so‘rov-anketalari, metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim usullarining namunalari,
shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari va xat
hujjatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jaraѐnida shaxsning individualligi va o‘ziga xos xususiyatligiga
e’tibor berish, o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari va rivojlanishi, uning haѐtiy
maqsadlarini ro‘ѐbga chiqarish vazifasining bajarilishi barcha bosqichlarida
ta’minlanishi lozim. YA’ni, o‘quvchilarning qiziqishlari va iqtidoriga qarab o‘qitish
tabaqalashtirilgan ѐki moslashtirilgan variativ shakl, metod va vositalar bilan
qurollantirilishi lozim.
Maktab oldida turgan muhim pedagogik muammolardan yana biri,
o‘qituvchilar jamoasining ilmiy-pedagogik va kasbiy mahorati, ularning salohiyatiga
bog‘liq holda vujudga keladigan muammolarni hal etish, maktabda ijodkor
o‘qituvchini aniqlash va uning faoliyatini o‘rganish tashxis dasturini ishlab
chiqishdan iboratdir. Ushbu hujjat o‘qituvchilarni yangilikka intilish, izlanishga
chorlovchi, mustaqil ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirishni ta’minlovchi,
ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni o‘zlashtirishlariga imkon
yaratuvchi, ilmiy-metodik yangiliklarni qo‘llashga undovchi testlar, so‘rovnomalar,
metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim metodlarining tavsifi va namunalari,
shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari kabi
hujjatlar majmuasidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: