107
savollar va javoblar ham qayd etib boriladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, agar ma’ruzachi
ma’ruza mazmunini aniq ifodalovchi hujjatni taqdim etgan (ma’ruza matni,
ma’lumotnoma va boshqalar) holda baѐnnomada ma’ruza matnining qisqa mazmuni
qayd etilib, ―ma’lumotnoma ilova qilinadi‖ degan izoh beriladi.
Ma’lumotnoma ѐki ma’ruza matni mavjud bo‘lmagan (taqdim etilmagan)
taqdirda uning mazmunini iloji boricha to‘la va aniq baѐn etish talab etiladi.
Pedagogik kengash qarorlari masala mazmuni
va mohiyatidan kelib chiqib,
uni bajarish muddatlari va mas’ul shaxslari ko‘rsatilgan holda aniq ifodalangan
bo‘lishi shart. Kengash baѐni uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
O‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish ѐki maktabni
tugatish imtihonlariga
qo‘yish haqidagi pedagogik kengash qarorlarida o‘quvchilar sonini raqamlar bilan
ifodalagan holda rasmiylashtirish mumkin. Bunda o‘quvchilar
familiyalari alohida
(zarur) hollardagina ѐziladi. Masalan, 8-―A‖sinfda jami 34 nafar o‘quvchi mavjud
bo‘lib, ulardan 32 nafari imtihonlarga qo‘yildi. Imtihonga qo‘yilmaganlar:
1. Sobirov Abdurahmon – ……(sababi ko‘rsatiladi).
2. Maxmudov SHokir – …….(sababi ko‘rsatiladi),
(yo‘riqnomaning tegishli paragrafi ko‘rsatiladi).
Imtihonlarga qo‘yilgan o‘quvchilardan sog‘ligi tufayli ozod etilgan:
SHotursunov Mamarasul (yo‘riqnomaning tegishli bandi
va tasdiqlangan hujjat
ko‘rsatiladi).
Dostları ilə paylaş: