Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan, o‘zgartirish kiritilgan, buzilgan



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan, o‘zgartirish kiritilgan, buzilgan 
shahodatnomalar o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankalarni berish 
bo‘yicha hujjat tayѐrlash tartibi  
Turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan, o‘zgartirish kiritilgan, buzilgan 
shahodatnomalar o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankalarini berish jaraѐni 
quyidagi me’ѐriy hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi ―Rasmiy davlat hujjatlarini 
tayѐrlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini 
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Rasmiy davlat 
hujjatlarini tayѐrlashga buyurtma berish, ularni tayѐrlash, hisobga olish, saqlash va 
topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
2. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 iyundagi 235-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani bitiruvchilarga 
berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
3. Xalq ta’limi vazirligining 2005 yil 13 sentyabrdagi ―Dublikat 
shahodatnomalar berish to‘g‘risida‖gi 02-1887-sonli xati; 4. Xalq ta’limi 
vazirligining 2006 yil 27 noyabr-dagi ―Dublikat shahodatnomalar berish bo‘yicha 
hududiy boshqarmalarning murojatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida‖gi 02-2026-
sonli xati.
Dublikat shahodatnoma olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi  
Turli sabablarga ko‘ra, yo‘qotilgan, o‘zgartirish qiritilgan, buzilgan 
shahodatnoma o‘rniga dublikat shahodatnoma oluvchi fuqaro o‘zi ta’lim olgan 
maktab rahbariga murojaat etadi. Maktab rahbari tomonidan ―SHahodatnomalarni 
hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd etish daftari‖ asosida uning shu 
maktabni haqiqatdan ham o‘qiganligi va berilgan shahodatnoma raqami tekshirib 


108 
ko‘riladi va shu asosda ma’lumotnoma asosida fuqaro tomonidan gazetaga e’lon 
beriladi.
Gazeta e’loni muddati 1 oy o‘tganidan so‘ng fuqaro qaytadan maktab 
rahbariga ѐzma ariza bilan murojaat etadi va gazeta e’loni asl nusxasi, topilmalar 
stolidan ma’lumotnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa ilova qiladi. Arizada 
dublikat olishning sabablari batafsil baѐn etilib, avvalgi shahodatnomaning seriyasi, 
raqami, berilgan vaqti aniq ko‘rsatiladi. Ariza quyidagi tartibda ѐziladi:
A R I Z A
Men (F.I.SH.) 2017 yil dekabr oyida yangi uyga ko‘chib o‘taѐtganimda (ѐki 
boshqa sabablarga ko‘ra) 9-sinfni tugallaganligim haqida berilgan shahodatnomamni 
yo‘qotib qo‘ydim. Men 2005 yilda 9-sinfni tamomlaganman va menga O`R-A 
№1231451 raqamli shahodatnoma berilgan.
YUqoridagilarni inobatga olib, menga yo‘qotilgan shahodatnoma o‘rniga 
dublikat blankasi berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova tarzida taqdim etaman:
1. 2018 yil 10 yanvarda ―Turkiston‖ gazetasining 4-sonidagi yo‘qotilgan 
shahodatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi e’lon.
2. ―Topilmalar stoli‖ning 2018 yil 21 yanvardagi ma’lumotnomasi.
3. SHaxsimni tasdiqlovchi hujjatdan (pasport, tug‘ilganlik guvohnomasi) 
ko‘chirma
Arizachining F.I.SH. (imzo) 2018 yil 15 fevral
Gazetaga e’lon berish namunasi:
(e’londa shahodatnoma egasining F.I.SH, yo‘qolgan shahodatnoma raqami, 
seriyasi qachon va kim tomonidan berilganligi aniq ko‘rsatilishi shart)
Maktab rahbari arizani qabul qilib olganidan so‘ng, arizaga o‘z muno-sabat 
belgisini (rezolyusiya) qo‘ygach, dublikat shahodatnoma berish to‘g‘risida masala 
maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib, qarordan ko‘chirma tayѐrlanadi. 
SHuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, dublikat oluvchiga avvalgi 
shahodatnomani berish to‘g‘risida (bitirgan yilidagi) kengash qaroridan ko‘chirma, 
shahodatnomaga qo‘yilgan baholar vedomostidan ko‘chirma, (agar buzilgan bo‘lsa, 
yo‘riqnoma asosida tuzilgan dalolatnoma, familiyasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, Adliya 
idoralarining ma’lumotnomasi, ѐngan shahodatnoma bo‘lsa, ѐng‘in xavfsizligi 
idoralarining arxiv ma’lumotnomasi) hamda maktab rahbarining TXBdan dublikat 
blank ajratish to‘g‘risidai xati (buyurtmasi) TXBiga topshiriladi.
Namuna  
______________ tumanidagi _____-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
Pedagogik kengashining 2018 yil 25 fevral 2 sonli qaroridan ko‘chirma
Kengashga raislik etuvchi: F.I.SH.-maktab rahbari
Ishtirok etuvchilar ____nafar maktab pedagogik jamoasi
Kun tartibi:
1. 2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marhabo 
Maxmudovnaga berilgan O`R-A №1231451 raqamli shahodatnoma yo‘qolganligi 
sababli dublikat shahodatnoma berish to‘g‘risida
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab rahbar N. Malikova axborot berdi. 
2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marhabo Maxmudovna 2017 yil 
fevral oyida yangi uyga ko‘chib o‘tganida unga berilgan O`R-A №1231451 raqamli 


109 
shahodatnomasini yo‘qotgan. M.Mirxabibova 2018 yil 15 fevralda yo‘qolgan 
shahodatnoma o‘rniga dublikat shahodatnoma berishni so‘rab maktab ma’muriyatiga 
ariza bilan murojaat etgan. SHuningdek, arizaga yo‘qolgan shahodatnomani bekor 
qilish to‘g‘risida 2011 yil 10 yanvarda ―Turkiston‖ gazetasidagi e’lon, topilmalar 
stolining 2018 yil 21 yanvardagi ma’lumotnomasi hamda pasportidan nusxa 
hujjatlarini topshirgan. Unga berilgan shahodatnoma ―SHahodatnomalarni hisobga 
olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd etish daftari‖ning 18-betida 126-raqam bilan 
qayd etilgan.
YUqoridagilarni inobatga olib, maktab pedagogika kengashi
QAROR QILADI:
1. 2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marxabo Maxmudovna 
nomiga berilgan O`R-A №1231451 raqamli o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi 
shahodatnoma yo‘qolganligi sababli fuqaro Mirxabibova Marxabo Maxmudovnaning 
taqdim etgan hujjatlariga asoslanib bekor qilinsin.
2. Uch kun muddatda Mirxabibova Marxabo Maxmudovnaga yo‘qolgan 
shahodatnoma o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankasi olish uchun TXBiga 
ѐzma murojaat etilsin. (O‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariX. 
Eshonxo‘jaevaga-muddat 3 kun).
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamga qoldiraman.
Kengash raisi, maktab rahbari (imzo) F.I.SH.
Kengash baѐnini olib boruvchi (imzo) F.I.SH.
Muhr
Mazkur xat TXBda kirim qilinib, TXB mudiri tomonidan hujjatlar ko‘rilib 
chiqilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish uchun qat’iy nazoratdagi rasmiy davlat 
hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi moddiy javobgarlik yuklatilgan mas’ul xodimiga 
munosabat belgisi (rezolyusiya) asosida tekshirib chiqadi va o‘rnatilgan tartibda 
dublikat blankasi ajratish to‘g‘risida xat (buyurtma) tayѐrlab, TXB mudirining 
imzosi bilan viloyatXTBga yuboriladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin