Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari 
(saqlanish muddati 3 yil)  
Ushbu daftarni barcha maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor 
o‘rinbosari yuritadi.
Daftarga tegishli hujjatlar asosida (maktab bo‘yicha buyruq, sinf 
jurnallaridagi ѐzuvlar, mehnatga laѐqatsizlik varaqasi va boshqalar) o‘qituvchilar 
tomonidan qoldirilgan darslar va o‘rni to‘ldirilgan darslar qayd etiladi.
Darsni o‘tkazgan o‘qituvchi kitobga imzosini qo‘yadi. Kitobdagi ѐzuvlar ish 
vaqti va haqini hisobga olish tabeli ѐzuvlariga mos bo‘lishi shart.
O‘quv-pedagogik hujjatlar tarkibiga, shuningdek, sinf jurnallari, kuni 
uzaytirilgan guruh jurnallari, to‘garaklar ishini qayd etish jurnali, o‘quvchilarning 
shaxsiy delolari va boshqa hujjatlar kiradi.
Sinf jurnallari 5 yil saqlanib, keyin ulardan o‘quvchilar haqidagi umumiy 
ma’lumotlar, fanlar bo‘yicha chorak va yillik baholar, keyingi sinfga o‘tish haqidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘nggi sahifalarni chiqarib olib, yilma-yil tikiladi va 
ushbu delolar maktabda kamida 25 yil saqlanadi.
Ish yurituvchi (kotiba) tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart 
bo‘lmagan hujjatlar  
1. Majlislar, kengashlar kun tartibi haqidagi ma’lumotlar; 
2. Ish jadvallari, naryadlar, talabnomalar, taqsimotlar;
3. Plakatlar, kengashlar, anjumanlar dasturi;
4. Vaqtli nashrlar (gazetalar, jurnallar, risolalar, byulletenlar);
5. Tabrik xatlari va telegrammalari, otkritkalar, taklifnomalar;
6. Hisob-kitobga oid hujjatlar;
7. Oylik, chorak va yarim yillik hisobotlari;
8. Statistik hisobotlar formalari;
9. Tarkibiy bo‘linmalar so‘rovlariga berilgan javoblar.
Izoh: 2,6,8 va 9- xat boshlarda qayd etilgan hujjatlar tegishli tarkibiy 
bo‘linmalar (masalan hisobxona)da maxsus hisobga olinadi. Ayrim hollarda kirim va 
chiquv hujjatlarini ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda ko‘paytirilgan xat 
va boshqa hujjatlarda uni tasdiqlagan shaxs imzosi bo‘lmasa, unga ―Asliga to‘g‘ri‖ 
degan shtamp bosilib, mas’ul xodim imzosi qo‘yiladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin