113
Tamg‘a (gerbli) muhri muassasa rahbarida saqlanadi. Ishlatilishi: Rahbariyat
tomonidan imzolangan ѐki tasdiqlangan hamda maxsus me’ѐriy akt (dalolatnoma)lar
bilan tamg‘ali muhrlanishini talab etadigan xat-hujjatlarda, titul varaqalarda, moddiy-
pullik xat-hujjatlarda va x.k.
Xatlar uchun burchak shtampi ish yurituvchi(kotiba)da saqlanadi. Ishlatiladi:
Muassasaning rekvizitlari va davlat Gerbi aks ettirilgan maxsus blanka bo‘lmaganda
barcha turdagi chiquv hujjatlariga uning ro‘yxatga olingan sanasi va tartib raqamini
qo‘yish uchun ishlatiladi.
Muhrlar va shtamplar seyflarda ѐki metall javonlarda saqlanishi kerak.
Muassasa blankalari muassasa rahbari va uning o‘rinbosarlari ѐki kotiblarda
qulflanadigan javonlarda saqlanadi va ular qat’iy nazorat bilan beriladi, raqam bilan
qayd etiladi.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar harakatini amalga oshirish
tartibi
Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to‘g‘risida‖gi Qonuni,
Xalq ta’limi vazirligining 2003 yil 25 apreldagi 4/1 Hay’at qarori bilan tasdiqlangan
―Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hududida joylashgan maktab ѐshidagi bolalarni
hisobga olish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma‖, Xalq ta’limi vazirligining 2001 yil 5
dekabrdagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnoma va boshqa me’ѐriy
hujjatlarga asoslanadi. Mazkur tartib umumta’lim maktab-larida o‘quvchilar
harakatini tartibga solish maqsadida joriy etiladi.
O‘quvchilarni umumta’lim maktablariga qabul qilish tartibi.
O‘quvchilarni umumta’lim maktablarida o‘quvchilar
harakati quyidagicha
amalga oshiriladi:
1-8-sinf o‘quvchilari viloyat (shahar) ichidagi harakati (tuman- ichida va
tumanlararo), 1-4-sinf boshqa viloyatlardan kelgan o‘quvchilar –
maktab
ma’muriyati tomonidan; 9-sinf o‘quvchilari shahar ichidagi harakati (tuman
ichida
va tumanlararo), 5-8-sinf boshqa viloyatlardan, 1-8-sinf
Respublikadan tashqarida
ta’lim olib qaytgan O‘zbekiston fuqarolari farzandlari – Xalq ta’limi bo‘limlari
(XTB) tomonidan;
9-sinf o‘quvchilari viloyatlar va Respublikadan tashqa-rida ta’lim olib
qaytgan O‘zbekiston fuqarolari farzandlari - viloyat (shahar) Xalq ta’limi
boshqarmasi tomonidan;
1-9-sinfga xorijiy davlatlar fuqarolari farzandlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi ―Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida‖gi 169-sonli Qarori talablariga asosan Xalq ta’limi
vazirligi huzuridagi
maxsus komissiya ruxsati bilan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: