120
4.
Maktab buyruqlar daftari qanday tartibda yuritiladi?
5.
O‘quvchilarning harakat daftari qaysi tartibda yuritiladi va unga javobgar
qaysi rahbar?
6.
Turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan, o‘zgartirish kiritilgan, buzilgan
shahodatnomalar o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankalarni qaysi tartibda
beriladi?
12-mavzu: Pedagoglarning metodik ehtiѐjlarining diagnostikasini tashkil
etish ( 2 soat amaliy mashg‘ulot)
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda
pedagoglarning metodik
ehtiѐjlarining diagnostikasini tashkil etishga oid bilimlarni rivojlantirish
.
Amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda turli interfaol metodlardan
foydalaniladi.
1-guruh uchun topshiriq – pedagogik diagnostika – boshqaruv ma’lumotlarini
olishning muhim vositasi sifatida
2-guruh uchun topshiriq - pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari
Pedagogik diagnostika – boshqaruv ma’lumotlarini olishning muhim
vositasi sifatida
Asl diagnostikadan tashqari ikkinchi muhim diagnostik mexanizm – bu
monitoringdir.
Monitoring – tizimli diagnostika, olingan natijalarni standart natijalar bilan
solishtirish,
chetlashishlarni aniqlash, tahlil qilish, daraja va sabablarni baholash,
asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va
korreksiyalashdir.
Ekspertiza – eng murakkab va qiyin diagnostik mexanizm bo‘lib, unda
diagnostika va monitoring alohida o‘rin egallaydi. Ekspertizaning muhim usullariga
kuzatish, o‘tkazilgan diagnostika va monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan hujjatlar,
chizmalar, jadvallar, diagrammalarni o‘rganish, savolnoma o‘tkazish, diagnostik
kesimlar o‘tkazish va boshqa bir qator diagnostik usullar kiradi.
Boshqaruv jaraѐnining
texnologiyasi, shu jumladan metodik ishlarni
boshqarish texnologiyasi, ma’lumotlarni tahlil qilish jaraѐni sifatida 3 bosqichdan
iborat:
– diagnostika– boshqaruv ob’ektining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yig‘ish;
– olingan ma’lumotlarni tahlil qilish;
– ta’sir etadigan ma’lumotni berish.
SHu tariqa aytish mumkinki, tizimli, asl va tezkor ma’lumot
olishning eng
asosiy vositasi – bu pedagogik diagnostikadir.
Ta’lim muassasalarining ommaviy attestatsiyasi o‘tkazilaѐtgan hozirgi paytda
rahbarlarning boshqaruv faoliyati davlat-ijtimoiy ekspertizaning bosh ob’ekti sifatida
121
maydonga chiqadi, diagnostika, monitoring va o‘zini-o‘zi ekspertizadan o‘tkazish
esa umummaktab metodik ishlari tizimida alohida o‘rinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, diagnostik ѐndashuv maktabning ichki metodik
tizimida quyidagilarga imkon beradi: – pedagoglarning individual-shaxsiy
xususiyatlari va ehtiѐjlarini ularning kasbiy va shaxsiy
rivojlanishining barcha
yo‘nalishlarida inobatga olish;
– pedagoglarning boshqaruv-metodik faoliyatining oraliq va yakuniy
natijalarini xolisona baholash;
– ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni vujudga
keltirishning istiqbollarini aniqlash;
– pedagogik jamoaning metodik faoliyatini jadallashtirish orqali har bir
pedagogning kasbiy o‘sish dasturini belgilab olish;
– metodik ishlarni tashkil etishda nafaqat kasbiy bilimlarni egallashdagi
o‘zaro ѐrdam
muammosini, balki kichik ijodiy guruhlar, ilg‘or tajriba maktablarini
tuzishda psixologik moslashuvning xususiyatlarini ham e’tiborga olish;
– pedagoglarning umummaktab va individual metodik ishlari bilan o‘z ustida
ishlashi va rivojlanishi, dunѐqarashini boyitish ishlarining uzviy bog‘liqligini
ta’minlash;
– maktab ichki boshqaruvi tizimining muhim va tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblangan ta’lim muassasasida metodik ishlarning muqobil rejalashtirilishini
ta’minlash;
– har bir ta’lim muassasasi uchun muqobil
mualliflik metodik tizimni
loyihalashtirish va joriy qilish.
Demak, diagnostika va o‘zini-o‘zi diagnostika qilish zamonaviy diagnostika
har bir pedagog va rahbarning faoliyatiga aniqlik kiritadi, ularni ta’lim-tarbiya va
metodik jaraѐnni jadallashtirishga qaratilgan ko‘pgina amaliy vazifalarni hal qilishga
yo‘naltiradi.
Diagnostika qilish boshqaruv piramidasini ag‘darib tashlaydi va pedagog
shaxsini uning kasbiy ehtiѐjlari va talablari bilan birga birinchi ustunga chiqaradi.
Rahbarlar, pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatining diagnostikasi va o‘zini-
o‘zi diagnostika qilish muammolari boshqaruv, ta’lim-tarbiya
berish hamda
o‘qituvchi va rahbarlarning malakasini uzluksiz oshirish tizimi bilan bog‘liq
masalalarni echishda o‘ta dolzarb va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi. Diagnostika
bolalar va pedagog kadrlar bilan ishlarni tashkil etishda, ularni rivojlantirish va
metodik ishlar tizimining samaradorligini oshirishda ilmiy ѐndashuvni ta’minlaydi.
O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun savollar:
– An’anaviy diagnostikaning asosiy kamchiliklari nimada?
– Zamonaviy va an’anaviy diagnostika tizimlarining far-qi nimada?
– Boshqaruv tizimida asosiy diagnostik mexanizmlarning ahamiyatli
xususiyatlari nimada?
– Metodik ishlarni tashkil etishda diagnostik ѐndashuv
qanday ahamiyatga
ega?
Dostları ilə paylaş: