122
holatini aniqlashdan boshlash zarur. Bu hol texnologiya maqsadlarining
diagnostikligini ta’minlaydi, u esa o‘z o‘rnida pedagogik tizimning
bitta rivojlanish
bosqichidan yangisiga, yuqoriroq bosqichiga o‘tishini nazarda tutadi.
Ikkinchidan,
diagnostika pedagogik vazifani echish bo‘yicha texnologik zanjirning yakuniy
bosqichi bo‘lib hisoblanadi (L. F. Spirin). Diagnostika pedagogik ta’sirning ma’lum
bir tizimga va qo‘llanilgan vositalarning samaradorligini baholashga ko‘rsatgan
ta’sirini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Pedagogik diagnostika pedagog kasbiy faoliyatining bosh-lan-g‘ich va
yakuniy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. CHunki pedagogik diagnostika davriy tavsifga
ega bo‘lib, u bitta pedagogik masalani echish bilan chegaralanmaydi.
SHuni
e’tiborga olish kerakki, ma’lum bir pedagogik masalani echishda asos qilib olingan
pedagogik tizimning muvofiqligi pedagogik tizimga shu paytgacha ko‘rsatilgan
ta’sirning natijasi bo‘lib hisoblanadi. Bu hol pedagogik diagnostikaning innovatsion
texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda pedagog faoliyati tizimini tashkil
etuvchi komponenti bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashga imkon beradi (L. N.
Davidova).
Pedagogik diagnostika vazifalari:
– shaxsiy yo‘naltirilgan ѐndashuvning amalga oshirilishini ta’minlash;
– pedagog kasbiy faoliyati natijalarining to‘g‘ri aniqlanishini ta’minlash;
– bolalarni bitta guruhdan boshqasiga ko‘chirishdagi
xatolar sonini
kamaytirish;
– shaxsning ta’limga bo‘lgan qiziqishini aniqlash;
– bola shaxsining samarali rivojlanishi uchun shart-sharo-it-larni aniqlash;
– pedagog faoliyatini baholash (kasbiy rivojlanish darajasini o‘zicha
baholash).
SHu tariqa, pedagogik diagnostika bir qator vaziflarni, ya’ni ma’lumot,
baholash, kommunikativ, tarbiyaviy-qiziqtiruvchi, tahliliy, diagnostik, istiqbolli va h.
k. vazifalarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: