Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


o‘quvchilar, 3 (uchta)tasi kadrlar to‘g‘risida



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

o‘quvchilar, 3 (uchta)tasi kadrlar to‘g‘risida  
O‘quvchilar to‘g‘risida buyruqlar daftarlari:  
1-daftar -1999 yil 5 noyabrda 15-sonli buyruq bilan ochilgan va 2004 yil 15 
mayda oxirgi 51-sonli buyruq bilan ѐpilgan (168 sahifadan iborat);
2-daftar -2004 yil 30 mayda 52-sonli buyruq bilan ochilgan va 2017 yil 3 
aprelda oxirgi 29-sonli buyruq ѐzilgan (186 sahifadan iborat)va hokazo.
Kadrlarga oid buyruqlar daftarlari:  
1-daftar -1989 yil 5 noyabrda 15-sonli buyruq bilan ochilgan va 1999 yil 15 
mayda oxirgi 51-sonli buyruq bilan ѐpilgan (179 sahifadan iborat);
2-daftar -1999 yil 30 mayda 32-sonli buyruq bilan ochilgan va 2017 yil 1 
martda oxirgi 19-sonli buyruq bilan ѐpilgan (179 sahifadan iborat).
Mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda maktab direktorining 
vazifalari  
Maktab direktori xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa 
ishga o‘tkazish, mehnat daftarchalarini to‘ldirish va intizomiy jazolashda buyruqlarni 
amaldagi qonun talablariga javob beradigan darajada tayѐrlashi va rasmiylashtirishi 
juda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun O‘zbekiston Respublikasining 


118 
amaldagi mehnat Kodeksining maxsus moddasi bilan qonunni amaliѐtga qo‘llab, 
shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilgan holda buyruqlarni rasmiylashtirishda 
direktordan quyidagilar katta mas’uliyat bilan talab etiladi: 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘quv yili boshlanishining dastlabki 
kuniѐq yangi o‘quv yilida maktabga kelishi zarur bo‘lgan o‘quvchilar kontingentini 
ro‘yxat asosida tekshirib chiqadi;
birinchi va boshqa sinflarga yangi qabul qilinadigan o‘quvchilar 
kontingentini ro‘yxat asosida tahlil etadi. Ularni mahalla kengashlari tomonidan 
berilgan ro‘yxat ѐki xo‘jalik daftari bilan taqqoslagan holda ko‘rib chiqadi.
O‘quv yili boshlangan kundan 5 kun o‘tgach tuman XT bo‘limlariga va 
mahalliy hokimiyatga:
a) maktabga yangi kelgan va o‘quv yili boshlanguncha maktabdan ketgan 
o‘quvchilar;
b) 1-sinfga kelgan o‘quvchilar;
v) boshlang‘ich sinfni bitirib, 5-sinfga o‘tgan o‘quvchilar;
g) 9-sinfni bitirib, akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga o‘qishga ketgan 
o‘quvchilar haqida (ularning o‘qishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan 
holda) ma’lumotlarni topshiradi.
d) ikkinchi yil o‘qish uchun sinfda qoldirilgan o‘quvchilar;
SHuningdek, 5 kun davomida maktabga uzrsiz sabab bilan kelmagan 
o‘quvchilar ro‘yxatini va ularni maktabga qaytarish bo‘yicha ko‘rilgan pedagogik 
chora-tadbirlar to‘g‘risida axborotni ham topshiradi. Bunday o‘quvchilarni maktabga 
qaytarish bo‘yicha mahalla kengashi raisi (oqsoqoli), mahalliy hokimliklar qoshidagi 
voyaga etmagan ѐshlar bilan ishlash komissiyasi, huquqni muhofaza qilish 
organlariga murojaat qilishgacha bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
1-9-sinfda o‘qishi kerak bo‘lgan o‘quvchilar tarkibini rasmiylashtirish 
bo‘yicha tegishli buyruqlar chiqaradi, qolgan sinflarda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga 
ko‘chirish bo‘yicha hujjatlarni, maktabdan ketgan va yangidan kelgan 
o‘quvchilarning hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini ko‘rib chiqadi, 
o‘quvchilarni qayd etish daftari va harakat daftarlariga tegishli o‘zgartirishlar 
kiritadi;
Oilada va mustaqil ta’lim oluvchilarning ro‘yxatlari tuzilishi va ular 
biriktirilgan maktablarning aniqlanishini nazorat qiladi, maktab mikrouchastkasida 
aniqlangan jismoniy ѐki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maxsus 
maktablarga joylashtirish ѐki ularni uyda o‘qitish choralarini ko‘radi. Bunday bolalar 
haqida xalq ta’limi bo‘limlariga, belgilangan muddatlarda tegishli ma’lumot va 
hisobotlarni taqdim etadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin