116
xalqaro va respublika miqѐsida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida,
sport
musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy
attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy
attestatsiyadan ozod etiladi.
O‘quvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish haqidagi pedagogika
kengashi qarori namunasi
QAROR QILADI:
1. 11-sinfning jami 27 nafar o‘quvchisidan 25 nafari
yakuniy attestatsiyaga
qo‘yilsin.
Mamadaliev
Abror
– Xitoy Respublikasida matematika fanidan
o‘tkazilaѐtgan xalqaro fan olimpiadasida qatnashaѐtganligi;
Sobirov Dilmurod – Navoiy viloyatida ―Umid nihollari‖ sport musobaqasida
qatnashaѐtganligi sababli xalq ta’limi vazirligining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―UO‘T oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi
to‘g‘risida‖gi Nizomning 4-bo‘limi 4.2-bandi
hamda tuman XTMFMTTE
bo‘limining 2012 yil 21 maydagi ―O‘quvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
to‘g‘risida‖gi 104 –sonli buyrug‘i asosida musobaqalarda ishtirok etadigan kunlar
o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiyalaridan ozod qilinsin.
ESLATMA: Yo‘riqnomaga muvofiq 9 va 11--sinf bitiruvchilarini yakuniy
attestatsiyadan ozod qilish uchun tuman XTB larning buyruqlari asos bo‘ladi.
bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega bo‘lgan holda sog‘ligi
tufayli yakuniy
attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq
qabul qilinadi:
– maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat
komissiyasining tibbiy xulosalari;
– maktab pedagogika kengashining qarori
va direktorning rasmiy xati,
o‘zlashtirish tabeli.
bitiruvchilarning yashash joyi o‘zgarishi (Respublikadan tash-qariga chiqish)
munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari bo‘lsa, (bu holat mart-
aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya-dan
muddatidan avval topshirishlariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining buyrug‘i
bilan ruxsat beriladi. Bunday hollarda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur nizom talablari
asosida o‘tkaziladi. YAkuniy attestatsiya va sinovlar
maktab direktori tuzgan
muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval
asosida o‘tkaziladi.
yakuniy attestatsiya davrida kasal bo‘lgan va yakuniy attestatsiya jaraѐni
tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrug‘iga ko‘ra
qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan so‘ng ikki hafta o‘tgach
yakuniy attestatsiyadan o‘tadilar.
o‘quvchilarning salomatligi bo‘yicha jismoniy tarbiya mashg‘u-lotlaridan
ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
YAkuniy attestatsiya o‘tkazish jaraѐnida yuqorida ko‘rsati-lgan Nizom
talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida
ko‘zda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: