Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Pedagogik diagnostika (tashxis qilish) texnologiyalari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Pedagogik diagnostika (tashxis qilish) texnologiyalari  
Agar texnologiyani bosqichlar ketma-ketligi tizimi sifatida ko‘radigan 
bo‘lsak, unda pedagogik diagnostika texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. Ob’ektni, pedagogik diagnostikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash.
2. O‘tkaziladigan diagnostikani rejalashtirish.
3.Qulay diagnostik vositalarni (omil, daraja, usul) tanlash.
4.Diagnostika qilinadigan ob’ekt to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish (aniq va 
muqobil, qulay holatlarning nisbati).
5. O‘tkazilgan diagnostika natijasida olingan ma’lumotni qayta ishlash, tahlil 
qilish.
6.Haqqoniy ma’lumotni tahlil qilish asosida diagnostika qilinaѐtgan ob’ekt 
komponentlarini yangi birlikka sintezlash.
7.Ob’ektning rivojlanish istiqbollari.
8. Pedagogik tashxisni asoslash va baholash.
9. Pedagogik tashxis natijalarini amalda qo‘llash.
10.Ob’ektni o‘zgartirish maqsadida pedagogik jaraѐnni boshqarish 
korreksiyasi (to‘g‘rilash)ni amalga oshirish.
Nazorat uchun savollar:  
1. Pedagogik diagnostika va diagnostikalash, uning mazmuni nima?


125 
2. Jamoaning mahoratga va ijodiy izlanishga yo‘naltirilgan umumiy harakati 
nimadan iborat?
3. Pedagoglarning metodik ehtiѐjlarining diagnostika yo‘nalishlariga nimalar 
kiradi?
4. Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati nimadan 
iborat? 


126 
Keyslar to‘plami 


127 
Pedagogik faoliyat, hodisa ѐki jaraѐn mohiyatini tushunish holatini 
belgilashga xizmat qiladigan keys.
Keys baѐni. Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar o‘rtasida alohida 
hurmatga ega tarix fani o‘qituvchi auditoriyaga kirib, doskada o‘zining karikatura 
janrida ishlangan rasmini ko‘radi. Karikatura ѐrqin ishlangan, har bir shtrix aniq 
ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh o‘qituvchining 
karikaturagaya, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, o‘qituvchi 
shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: 
―Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o‘chirgim kelmayapti. Rasm 
ijodkori – ѐsh rassom uni qog‘ozga ko‘chirib olishi kerak. Men karikaturist 
(rassom)ni munosib baholayman!‖.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin