GLOSSARIY Avtoritar texnologiya - pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi, ta’lim
oluvchilar esa faqatgina “ob’ekt” vazifasini bajaradi. Adaptatsiya – ta’lim jarayonini
ta’lim oluvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va
fiziologik xususiyatlariga moslashtirish.
Akademik qobiliyat -barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik.
Baholash – o‘rganilgan materialni konkret maqsad uchun baholash ko‘nikmasini
anglatadi. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha
va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida
mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan
bilimlar majmui.
Bilimlar banki– bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni
tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular
asosida shakllantirilgan bilimlar majmui. Bilish – o‘rganilgan materialni konkret
faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va qayta tiklashni anglatadi.
Bilish qobiliyati – pedagogning ta’lim jarayonining ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat Dastur–o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir. Didaktik qobiliyat - bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni ta’lim oluvchilarga tushuntira olish.