145
nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish
qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’limning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir bo‘ladigan, ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni- ta’lim oluvchilar his-tuyg‘ulari, ongi, xarakteri kabilarga
maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar
shakllantirish tizimi
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakani
boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va
texnologiyalardan foydalana olish.
Texnologiya- yunoncha ikki so‘zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va
«logos” (logos) – fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan.
Tizim - o‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan qismlardan tashkil topgan tuzilma.
Tushunish – uning ko‘rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazilishi
bo‘lishi mumkin materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini
oqibatlar bashorat qilish.
Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv – pedagoglar
mashg‘ulot davomida o‘quv uslubiy adabiyotlardagi ko‘rgazmali vositalar orqali
«tayyor» holda bilim oladilar.
O‘z ustida ishlash – shaxs yoki mutaxassis tomonidan o‘zini ijtimoiy hamda kasbiy
jihatdan rivojlantirish, kamolotga erishish yo‘lida maqsadli, izchil, tizimli
harakatlarning tashkil etishi
Dostları ilə paylaş: