Natija – dars mashg‘ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va
ta’limning ma’lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir.
Natijalar(mahsullar)–o‘quv jarayonining so‘nggi natijasi, belgilangan maqsadlarni
amalga oshganlik darajasi.
Nutqiy qobiliyat-ixcham, ma’noli, oxangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega
bo‘lgan nutq.
Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati- o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-
farosatli, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Operatsion o‘yinlar – tegishliish jarayoni, ularni bajarish shart-sharoitini modellashtiradilar. Ular ma’lum
bir o‘ziga xos operatsiyalarni: masalalar echish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirishga
yordam beradilar.
Pantomimika – pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida
ajratib ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi gavda, qo‘l va
oyoqlarning harakati.
Pedagogik mahorat -
o‘kituvchining shaxsiy-kasbiy faoliyati natijasi
umumlashmasi bo‘lib,muayyan bilim, ko‘nikma, malakalaryig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahorat - 1) kasbiyko‘nikmalarning yuksak darajada rivojlanishi; 2)
shaxsning kasbiy sifatlari,layokat kobiliyatlari majmui; 3) san’atdarajasidagi
maxorat;
4)
pedagogik
mohirlik,san’at
va
bilimdonlikni
ifodalovchiatama.(Pedagogik ensiklopediya 2017 y. 3 jild.) Pedagogik taksonomiya – (grek so‘zlari «taxis» - tartib bilan joylashtirish va «nomos» - qonundan kelib
chiqqan) – o‘quv maqsadla-rining toifalarga va ketma-ketlik darajalarga tasniflab,
o‘quv fani bo‘yicha maqsadlarining aniq tiziimni tuzish.
Pedagogik takt -(lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg‘u”)
pedagogning ta’lim oluvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan
muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi,
ularga to‘g‘ri yondoshish malakalariga egaligi