Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonining tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda
pedagog ta’lim oluvchilar bilan yakkama-yakka shug‘ullanadi, ta’lim oluvchi o‘quv
vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individuallashtirilgan o‘qitish– bundayo‘quv jarayonini tashkil etishda individual
yondashish asosida o‘qitish yo‘llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy
psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi– bunda o‘quv jarayonini tashkil
etishda individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
Innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini
yaxshilash, tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga
muvaffaqiyatli tatbiq etish
Interfaol - ingliz tilidagi «interact»(rus tilida «interaktiv») so‘zidan olingan bo‘lib,
lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, «act» – harakat qilmoq degan ma’nolarni
anglatadi.
Interfaol ta’lim– bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni
o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim
Interfaollik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda
muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka
asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari
Informatsion kompetentlik– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali
ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli,
samarali foydalanish; Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy
bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishninng so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qo‘llay olinishi