Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Keys savollari:  
1. O‘qituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday 
baholaysiz?
2. Bu vaziyatda o‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘lladi?
Keys echimi. Bu vaziyatda o‘qituvchi o‘zining tarjribali va pedagogik 
nazokatga egaligini namoѐn eta oldi. U karikaturani o‘zining ustidan kulish vositasi 
deb emas, aksincha, san’at asari sifatida qabul qildi. Natijada o‘qituvchi aybdor 
talabani qidirib, unga tanbeh berishni istamadi. Buning o‘rniga o‘zining san’atga 
bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatdi. Bunday ѐndashuv talabalarga o‘qituvchining irodali, 
o‘ziga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, hissiѐtlarini jilovlay olish, o‘z-o‘zini 
boshqara bilish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Oqibatda o‘quvchilar o‘qituvchining 
ruhan barqaror ekanliklarini angladi. SHu sababli keyingi safar ular o‘qituvchini 
kamsitish ѐki ustidan kulishni istashmaydi. Baѐn etilgan vaziyatda o‘qituvchi: 1) 
izohlash (o‘zida muayyan guruh ѐki alohida shaxsga yo‘naltirilganlikni ifodalovchi 
hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli); 2) xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlaridan 
biri bo‘lgan – qo‘llab-quvvatlash metodidan foydalandi.
Ta’lim-tarbiya jaraѐnlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning 
tarkibiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro birlik va aloqadorlikni anglash hamda 
tahlil qilishga yo‘naltirilgan keys.  
Keys baѐni. Tarix fani o‘qituvchisi bir soatlik darsida quyidagi xatti-
harakatlarni amalga oshirdi: 1) ma’lumotlarni izchil baѐn qildi; 2) zarur o‘rinlarda 
tayanch tushunchalarga alohida urg‘u berdi; 3) xaritadan tarixiy voqealar sodir 
bo‘lgan joylarni ko‘rsatdi; 4) vaqti-vaqti bilan talabalarga savollar berib, ulardan 
javoblar oldi; 5) o‘quv filmi orqali tarixiy voqelikka oid dalillarni namoyish etdi.
Keys topshirig‘i. O‘qituvchining xatti-harakatlari qanday metodlar ѐrdamida 
amalga oshirilganligini aniqlang.
Keys echimi. Tarix fani o‘qituvchisi qo‘llagan metodlar: 1) hikoya;
2) tushuntirish;
3) tasvirlash;
4) suhbat;
5) namoyish.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin