144
Pedagogik texnologiya- ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va
o‘zlashtirish jarayonini inson va texnika imkoniyatlari hamda ularning o‘zaro
ta’sirini hisobga olgan holda yaratish, tatbiq etish va aniqlash tizimidir (YUNESKO).
Pedagogik tizim- o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi
bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni
maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
Pedagogik o‘yin – bu faoliyat turi
vaziyatlar sharoitida, o‘qitishni aniq maqsad qilib qo‘ygan jamoatchilik tajribasini
qayta tiklash va o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarishni
takomillashtiradi va pedagogik natijalarni ro‘yobga chiqaradi.
Pedagogika -“bola etaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi yunoncha “paydogogos”
so‘zidan kelib chiqqan.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari - shaxs
kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi.
Perseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda ta’lim oluvchilar holatini idrok qila olish
fazilati.
Produktiv o‘zlashtirish darajasi – bunda ta’lim oluvchi olgan bilimining
noan’anaviy masalalarni echishda mustaqil fikr yuritishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: