Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Buyruqlar daftarlari (saqlanish muddati 75 yil)



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Buyruqlar daftarlari (saqlanish muddati 75 yil)  
Odatda maktabda ikkita buyruq daftari yuritiladi. Birinchi daftarga 
o‘quvchilarga taalluqli buyruqlar ѐzilsa, ikkinchisiga kadrlar haqidagi buyruqlar 
ѐziladi. Kam komplektli maktablarda yagona buyruqlar daftari tutiladi.
O‘quvchilarga taalluqli daftarga quyidagi buyruqlar qayd etiladi:
– o‘quv yili boshida (10–15 sentyabrdan kechikmasdan), o‘quvchilarni 
birinchi sinfga qabul qilish va birinchi sinflarni taqsimlash haqida, o‘quvchilarning 
familiyalari va ismlari to‘liq qayd etiladi. 20 sentyabrgacha kuni uzaytirilgan 
guruhlarni komplektlash haqida (raqamlarda ѐzilishi mumkin), bunda kam 
ta’minlangan oiladagi o‘quvchilarni to‘liq va 50 foizga to‘lovdan ozod qilinishi 
haqidagi buyruqda bolalarning familiyasi va ismlari to‘liq ѐziladi;
– 10–15 sentyabrdan kechikmasdan o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha 
taqsimlanishi, maktabdagi o‘quvchilarning umumiy soni haqida (raqamlarda 
ifodalangan holda);
– 15 sentyabrgacha ѐzgi ta’til davomida maktabdan ketgan va maktabga 
kelgan bolalar haqida.
O‘quv yili davomida maktabdan ketgan ѐki maktabga kelgan bolalar haqidagi 
buyruq bir haftadan kechikmasdan ѐziladi.


110 
Buyruqlar har bir o‘quvchiga alohida ѐziladi. Ta’lim muassasasida ish 
yuritish va uni nazoratga olish eng mas’uliyatli faoliyat turlaridan hisoblanadi. 
SHuning uchun bu ishga mas’ul xodimlarni tanlab, joyiga qo‘yish muhimdir. Har bir 
yo‘nalishga mas’ul xodim muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Jumladan:
1. Pedagogika Kengashi kotibi – hujjatlarni mukammal biladigan, Kengash 
yig‘ilishlarida masalalar muhokama qilinishi jaraѐnini stenografik tarzda ѐki tezkor 
qog‘ozga tushirib olishga qodir bo‘lgan, grammatik va stilistik xatolarga yo‘l 
qo‘ymaydigan, chiroyli ѐzadigan, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar orasidan saylanadi va 
buyruq bilan tayinlanadi. Bu xodim jamoatchilik asosida ish olib boradi va tegishli 
bayramlarda alohida rag‘batlantirish ko‘zda tutib boriladi.
2. Buyruqlarni rasmiylashtiruvchi kotib – imkon qadar oliy ma’lumotli 
pedagoglar orasidan buyruq bilan tayinlanadi. Unga xodimlarning mehnat 
daftarchalarini, muassasaning buyruqlar daftarini yuritish vazifasi yuklatiladi. Bu 
ishlar xodimlarning keyingi taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgani uchun o‘ta ziyraklikni talab 
etadi. Bu xodim uzluksiz ravishda mehnat daftarchalari va buyruqlarni 
rasmiylashtirish yuzasidan qabul qilingan o‘zgarishlar, yangiliklardan xabardor 
bo‘lib turishi lozim. SHuni nazarda tutib, aksariyat muassasalarda mazkur vazifa 
muassasa rahbarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatilgan.
3. Muassasaning ish yurituvchisi – kirish va chiqish hujjatlarini 
rasmiylashtiruvchi kotiba (ko‘p holda uni ―direktor kotibasi‖ ham deyiladi). Ushbu 
lavozimga shtat birligi ajratilgan muassasalarda kadr tanlashga alohida ahamiyat 
qaratish va bu o‘ringa mas’uliyatni chuqur his qiladigan, barcha bilan birdek 
muomala qila olish madaniyatiga ega, kompyuter texnikasini mukammal biladigan, 
imkon darajasida ―Ish yurituvchi – kotib (a)‖ kurslarini bitirgan, kamida o‘rta 
maxsus ma’lumotga ega shaxsni tanlash lozim bo‘ladi.
Uning funksional vazifalari boshqa xodimlar singari buyruq bilan 
rasmiylashtiriladi.
Kelib tushgan hujjatlarni rasmiylashtirish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha 
qaror qabul qilish.
Muddati ko‘rsatilgan hujjatlar rahbar tomonidan o‘rganib chiqiladi va uning 
tomonidan tegishli topshiriq belgilanadi.
Topshiriq olgan mas’ul shaxs tezkorlik bilan ijroni ta’minlash bo‘yicha o‘z 
takliflarini, aniq tadbirlarni, ma’lumotnoma, kengash qarori ѐki buyruq loyihasini 
tayѐrlaydi va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini
Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining qarorlari, 
buyruqlari, viloyat (Toshkent shahar), tuman (shahar) hokimi qaror va farmoyishlari 
hamda ularning ijrosini ta’minlash uchun qabul qilingan boshqarma, xalq ta’limi 
bo‘limlari qarorlari, buyruqlarini aniq, puxta va o‘z vaqtida bajarilishiga muassasa 
rahbarlari shaxsan javobgardirlar. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin