Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti TAQDIMOT ISHI 42/17-guruh talabasi Mamadaliyeva Gulruhsorning Ona tili va adabiyot fanidan tayyorlagan
Mavzu: Tilshunoslik haqida umumiy ma`lumot
Reja:
1. Tilshunoslik fani haqida ma’lumot 2. Til ijtimoiy hodisadir 3. Til – taraqqiy qilib, o`zgarib boruvchi hodisa
1. Tilshunoslik fani haqida ma`lumot.
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko`rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog`liq.
Tilshunoslik – ko`p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.
Umumiy tilshunoslik barcha tillar bo`yicha to`plangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi fanning sathlarini va ularni o`rganuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar. Xususiy tilshunoslik – alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o`zbek tilshunosligi - o`zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k. O`z-o`zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir konkret tilga xos bo`lgan ma’lumotlarni o`z ichiga oladi. Nazariy tilshunoslik til haqidagi nazariyani o`rgansa, amaliy tilshunoslik lingvistik bilimlarni amalda qo`llash bilan shug`ullanadi.