Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi o‘quv amaliyoti
Аjratilgan soat
120
O‘qituvchining mashg’ulotida katnashib uzlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni
15
Dasturning maqsadi
Mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarga amaldagi tarmoq taʼlim standartlari doirasida chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni berish, o‘qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompьyuterlashtirilgan dasturlar qo‘llagan holda mashgʼulotlarni nazariy, amaliy darslar ko‘rinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish maqsad qilib qo‘yilgan.
Barcha turdagi byudjet muassasa,korxona, tashkilotdan ijtimoiy sugʼurta muassasalariga ajratmalar hisobi va ular bo‘yicha hisoblashishlarni amalga oshirish;
Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlar, byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobi, mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyasi va ular natijalarini hisobga olishni amalga oshirish;
Schyotlarga yillik xulosalar va ularni yopilishi, byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobotlarini tuzish;