Toshkent Temir yo‘l texnikumi oliy toifali o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
O.B.Djumanova
Toshkent Davlat transport Universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Statistika
Аjratilgan soat
60
O‘qituvchining mashgʼulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
13
Dasturning maqsadi
O`quvchilar ushbu fan orqali statistik maʼlumotlarni tahlil qilish va uni keng qamrovli olib borish uchun ahamiyatli hisoblangan statistik kuzatishlar, maʼlumotlar yigʼish, jamlash, uni qayta ishlash negizida umumlashtirish usullarini o‘rganadilar.Bundan tashqari, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar - Mutlaq va nisbiy miqdorlar, o‘rtacha miqdorlar, dinamik ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda statistik hisobotlar tuzishni ham o‘rganadilar.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Boshlangʼich ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish;
Ommaviy-ijtimoiy hodisalarni muhim belgilari bo‘yicha o‘rganish;
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga daxldor maʼlumotlar bilan ishlash, ularni tashkil qilish asosida xulosa chiqarish usullarini qo‘llash;