I.Boshlovchi:
Endigi navbatni maktabimizning 7-“B”sinf o’quvchilari ishtirokida “Biz ta’zim qilamiz, ustozlar uchun!”nomli she’riy kompozitsiyaga beramiz.
II.Boshlovchi:
Marhamat, tinglab tomosha qiling.
1-o’quvchi:
Umr o’tar goho shodlik, goh g’am bilan,
Hayot go’zal turmushdagi ko’st kam bilan.
Muallimlar qadr topgan kundir bugun.
Ustozlarni qutlab qo’ying bayram bilan.
2-o;quvchi:
Ayting do’stlar baxt qayerda sotiladi,
Qadr-qimmat mehnat bilan topiladi.
Bugun bayram g’am daftari yopiladi,
Ustozlarni qutlab qo’ying bayram bilan.
3-O’quvchi:
Vatan barcha o’g’ling yaxshi,qizing yaxshi
Halol rizqing, bergan halol tuzing yaxshi.
Bayramga boy bahor, yozu-kuzing yaxshi;
Ustozlarni qutlab qo’ying bayram bilan.
4-o’quvchi:
Ustozim deb Navoiylar bitgan g’azal,
Ustoz aziz, ustoz ulug’-naqlu, azal
Shogirdlarin farzandidek suygan o’shal
Ustozlarni qutlab qo’ying bayram bilan.
5-o’quvchi.
Shodlik quvonchlarga to’la barcha qalb
Bu aziz dargohda bayramdir bugun,
Bilimga erishgan baxtimiz sabab,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
6-o’quvchi:
Maqsadi ulug’vor qadami qutlug’,
Zaboni shirinu, kalomi qutlug’.
Onadek mehribon , otadek ulug’
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
7-o’quvchi:
Tunu-kun zahmati mehnati haqqi
Qalblarga singdirgan san’ati haqqi.
Vatanga shu buyuk xizmati haqqi,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
8-o’quvchi:
Olamda mo’tabar ustoz degan zot
Parvozga shaylagan bergan u qanot.
Ko’ksi tog’ qalbida metindek sabot
Dostları ilə paylaş: |