Tcp/ip pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/5
tarix14.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#113421
  1   2   3   4   5
Tcp ip pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari (1)




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter tarmoqlari” fanidan

Mavzu: TCP/IP pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari


Bajardi: KI101-19-guruh talabasi Ro‘ziyev Shohnur


Qabul qildi: Sattarov M.A.

SAMARQAND – 2021


TCP/IP pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari


TCP/IP stekining tarixi va rivoji.

Transmission Control protocol/internet protocol(TCP/IP) – protocollar steki global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.


TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‘i ichida bo‘layotgan ishlar yozilgan. Ayrim RFC lar tar- moq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‘rinishda chop etiladi, faqat barcha RFC lar ham standart bo‘Imaydi.


Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‘ining boshqa tarmoqlar bilan aloqasini ta’minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‘i ishlab chiqaruvchilarga va izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‘ldi. ARPA tarmog‘ida ikkita komp>oiter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qism- laridan biri hisoblanadi.


Berkli universiteti o‘zining ОС UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‘shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‘i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya’ni RFC formasidagi ko‘rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta’minlab berdi.


PC P/IP steki ОС UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar orqali tushuntirish mumkin:


— Bu ko‘p tarixga ega bo‘lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi kunda mashhur bo‘lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.


—Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‘z trafigining asosiy qismini

—Bu Internet tarmog‘iga chiqish usuli.


Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‘ining asosi uchun xizmat qiladi.

— Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil tizimlami birlashtirish uchun qulay.


—Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar 0‘rtasida

masshtablashgan muhit.


3.2. TCP/IP STEKINING STRURTURASI. PROTOKOLLARNING QISQACHA XARAKTERISTIKASI


TCP/IP steki o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan ISO/OSI ochiq ti- zimidan oldin ishlab chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham u ko‘p sath- li strukturaga ega.


TCP/IP protokolining strukturasi 3.2-rasmda berilgan. TCP/IP protokollari 4 ta sathga bo‘linadi.


IV sath eng pastki salh hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi. TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma’lum fizik va kanal sathdagi standartlami (lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast Ethernet, lOOVG-AnyLan, global tarmoq uchun — SLIP va PPP «nuqta-nuqta* birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq protokollari) qo‘llab-quwatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi texnologiya paydo bo‘lsa, ulami zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv-chilari tomonidan qo‘shib boriladi.


III sath — bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq, maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlaming har xil transport texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.

Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol hisoblanadi, ya’ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob bera olmaydi, lekin harakat qiladi.


Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan bogMangan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya’ni marshrut axborotlami yig'ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrut izatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.





  1. sath — asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalami boshqarish

protokoli TCP (Transmission Control Protocol) va foydalanuvchining deytogrammali protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP protokoli masofadagi amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga xabarlami ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- lami deytogramma usulida IP singari uzatilishini ta’minlaydi.


I sath — amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda, tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy sathli xizmatlarni qo‘shilishiga sabab boMdi. Unga keng foydalaniladigan, FTP — fayllami ko‘chirish protokoli, telnet — terminalni emulyat- siyalash protokoli, SMTP — pochta protokollari kiradi. Ulaming ayrimlariga batafsilroq to'xtalib o‘tamiz.


Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga

masofadan turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash


maqsadida FTP TCP bilan aloqa o‘matib undan transport protokol sifatida


foydalanadi. Fayllarni ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif


qiladi. Ya’ni foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi


mumkin, mi sol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilami bosmaga chiqarish


mumkin. FTP dagi ma’lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o'zining


nomini va parolini kiritishi kerak. Intemetning e’lon qilingan FTP arxiv


kataloglariga parol talab qilinmaydi, ya’ni foydalanuvchi Anonymous nomidan


foydalanadi.


TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va


o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda


FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir-


boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu


protokol faqat fayllami ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida


esa TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi.


Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini almashinuvini ta’minlab beradi. Bu protokoldan masofadagi kompyuter terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyutemi


huddi lokal foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina


himoyani talab qiladi. Himoyani ta’minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha


autentifikatsiyadan foydalaniladi, lekin baribir birmuncha mustahkam himoya


vositasi bu misol uchun Kerberos tizimi.


SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Awalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istalgan kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlami, ko‘prik- lami, tarmoq adapterlarini va boshqalami boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish


bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilami nazorat qilish, ya’ni boshqaruv qurilmasining holati bilan bog'liq.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin