Hazm qilish a’zolari kasalliklarining tekshirish usullari.Kasalxonaning qabul qilish bo’limida kasallik tarixi ochiladi va to’g’risida malumotlar yoziladi. So’rab - surishtirish hazm a’zolari kasalliklarini aniqlashda bemorning shikoyatlari so’raladi. Bemorlar ko’pincha og’riq, ishtaha yo’qligi, ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi (zarda bo’lish) va kekirishdan shikoyat qiladilar. Kasalik tarixini aniqlashda bemordan qachondan beri kasallik belgilari boshlanganligi, qanday dori-darmonlarni istemol qilganligi so’rab surishitiriladi.
Kasallikning hayot anamnezini aniqlashda bemorning oilaviy sharoiti, ovqatlanish rejimi va uning tarkibi, kasb-kori, oilasida, yaqin qarindosh urug’larida shunday belgilar mavjudligi, zararli odatlari (chekish va sipirtli ichimliklar ichishi kabilar) so’raladi. So’rab- surishtirish vaqtida bemorlarning qaysi dori vositalariga o’ta sezuvchanligini so’rab bilish allergik xolatlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega bo’ladi
Bemorlardagi klinik belgilarni o’rganish kasallikning to’liq aniqlashda muhim o’rnini egallaydi. Og’riq – hazm a’zolari kasalliklarda asosiy belgilardan biridir, uning jadalligi (intensevligi), joylashgan o’rni, ovqat qabul qilishga bog’liqligi yoki bog’liq emasligini bilish kerak. Jadal bo’lmagan, doimiy harakterdagi og’riq surunkali gastrit kasalligi uchun xos bo’ladi
Me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligida og’riq jadal, u ovqat yeyish bilan bog’liq bo’ladi. O’t toshi – kasalligida og’riq juda kuchli bo’ladi. Pankreatit me’da osti bezi kasalligida og’riq kuchli tasmasimon harakterda bo’ladi. Rak kasalligida og’riq doimiy harakterda bo’ladi.
Ishtahaning buzilishi ko’p jihatdan me’daning shirasining ko’p ishlab chiqarilishi ishtahani kuchaytirib boradi. Shiraning ko’p ajralish – gipersekretsiya deb ataladi. Shira ishlab chiqarish pasayganda ishtaha ham pasayadi, bu gipoasit gastritni keltirib chiqaradi. Me’dada shira ajralishi butunlay yo’qolsa, anosit gastrit kelib chiqadi. Bemorlarda ayrim ovqat mahsulotlarini hush ko’rmasligi me’dada o’smasi (rak) kasalligidan dalolat beradi
Kekirish – quruq (havoli) va ovqat qoldig’i bilan namoyon bo’ladi. quruq kekirish me’da suyuqligida xlorit kislota kamayib ketganda yoki bo’lmaganda paydo bo’ladi. Ovqat bilan kekirish bu me’daning qisqarish faoliyati buzilganidan dalolat beradi. Jig’ildon qaynashi – qizilo’ngach, me’da va o’n ikki barmoq ichakning sekreti va mator funksiyalari buzilishining belgilaridan bo’lib, bu me’da suyuqligi qizilo’ngachga otilib chiqqanida va me’da shirasida kislotalilik ortib ketganida ro’y beradi.
Sog’lom odamlarda ayrim ovqat mahsulotlariga sezuvchanlik kuchayib ketishi natijasida jig’ildon qaynaydi. Ko’ngil aynishi – to’sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo’lishidir. Ko’ngil aynishi ko’pincha kislotalilik pasayishi bilan o’tadigan me’da kasalliklarida bo’ladi.