26
Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini topish
istalgan boshqa yo'llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan foydalanilganda
quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi:
• Ma'lumot va
bilimlar ishonchli, vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi;
• Bo'lishi mumkin yechimining ko'lami katta emas;
• Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan tizimlar
borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha olmaydilar.
Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo'lgan hollarda bilimlarga asoslangan
tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. Bilimlarga
asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan hollarda yaxshi natija
beradi;
• hech bo'lmaganda, o'z
bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi
usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak.
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas:
1. Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura tahlili
yordamida
yechiladigan masalalarda;
2. Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida yechiladi;
3. Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda.
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan
ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
27
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu
tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz
katta qiyinchiliklarga duch
kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi
ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni
qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN
tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan
foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda
shunday bo'ladi).
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan
ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5. ET larni o'qitish
mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi
maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning
idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka
olmasligi tabiiy holdir, lekin Komp’yuter
klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli»
yetmasligi aniqdir.
6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalanishda
ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo'lgan
kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib
bo'lmaydi.
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish
uchun jalb qilish maqsadga
muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu
tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
28
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa,
inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan
o'zgaruvchilarga bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun
yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi
interfeysini ishlatgan ma'quldir.
Dostları ilə paylaş: