29
5. Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol
bo'lib hisoblanadi.
Ekspert tizim turlari
1960—70-yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining
sohalarida klassik
hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va dastur
ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin:
1. META-DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga (massa-
spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda kimyoviy
birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-DENDRAL
DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va kimyoviy birikma
qismlarining tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi.
2. MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-NERMYCIN. Bular medisina ET lari
bo'lib hisoblanadi.
3. PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer osti
qazilmalarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish tizimi.
4. CAKNET-EXPERT — ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini olish
bo'yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab chiqilib,
uning yordami orqali bir necha medisina tizimlari ishlab chiqilgan.
5. HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi birinchi ikkita
tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali
aniqlovchi intellektual
tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi — tizimning ayni vaqtdagi
ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash orqali ajralib turadi.
Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY-3 va AGE
(Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
30
6. SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizimlari
Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish maqsadlarida
ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi joylashgan
bilimlarga bog'liq bo'ladi.
Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi
uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak. ,
Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi kichik ET larni yaratish
maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik nazariya
va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan edi.
Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy sonlar
tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax
gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy sonlar
yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi yoki inkor
etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish jarayoni to'xtab
qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga qaramasdan, tizim evristik
qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki kiritilgan
qoidalardan kelib
chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q
qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar
yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi
ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz
floti tomonidan original
mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya
ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti kemalarini
cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi.
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta
tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida
31
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol ravishda
buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab
chiqaruvchi tomonidan
belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual
tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar elementlarini kodlash
va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc «NHK»
— inglizcha enciklipedia so'zidan).
Dostları ilə paylaş: