Technological solutions and innovative digital tools


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#113051
1   2   3   4   5   6
Raxmatullayev Diyorbek Uralovich

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
24 
http://interonconf.com
 
bilangina hal qilish mumkin edi. Hozigi kunda «qonuni Ma‘sudiy» ikkala tilga ham 
tarjima qilingan.«Qonuni Ma‘sudiy» 11 ta kitob yoki, Beruniy ta‘biri bilan 
aytganimizda, 11 maqoladan iborat bo‘lib, har bir maqola bir necha bobdan tashkil 
topgan. O‘zbekcha tarjimoni ikki jildda chop etildi.Birinchi jild 1-V maqolalardan 
iborat, qolgan VI-XI maqolalari shu jildga kiradi
12
.Maqolalarning bunday bo‘lishiga 
sabab shuki, avvalgi besh maqolada fanning turli sohalarida bahs yuritiladi, qolgan 
olti maqola esa faqat astronomiyaga bag‘ishlangan. Shuning uchun ularni alohida 
jild qilib chop etish maqsadga muvofiq topildi.«Qonuni Ma‘sudiy»ning 1 
maqolasida 11 bobdan iborat bo‘lib, Beruniy bu maqolada qisman o‘z 
kosmogoniyasi, olam shakli va xronologiya haqida baxs yuritadi.1-maqolaning 1-
bobi «Olamdagi mavjudodlarning umumiy shakli haqida muqaddima tarzida 
tafsilsiz qisqacha xabar» deb atalgan. Bu bobda Beruniy olam shaklining sferikligi 
(sharsimon, dumaloq) haqida fikr yuritadi va «quyi» hamda «yuqori» olamni 
ajratadi. Beruniyning aytishicha, «quyi olam» to‘rt unsurdan (elementdan) iborat 
bo‘lib, bular tuproq, suv, havo, olovdir. «Yuqori olam» esa efirdan iborat. Efir ichma-
ich joylashgan sakkiz sferani o‘z ichiga oladi, avvalgi yetti sfera bo‘ylab planetalar 
harakat qiladi. Sakkizinchi sfera turg‘un yulduzlar sferasidir. Beruniy planetalarni 
sferalar bo‘ylab shunday tartibda joylashtiradi: birinchi – Oy, so‘ngra – Merkuriy, 
Venera, quyosh, Mars, Yupiter, Saturn, Yer bilan quyosh orasidagi planetalarni 
Beruniy «quyi planetalar» quyoshdan keyingi uch planetani «yuqori planetalar» deb 
atadi.Bu yerda asosan Ptolomeyning planetalar sistemasi bayon qilingan. 
Ptolomeyning ta‘siri ko‘proq 2-bobda seziladi. Ushbu bobda «Ptolomey 
Almajistiy»si 1 maqolasidagi «olti bahs», ya‘ni «oltita prinsip» nazariy jihatdan 
asoslangan. Bu prinsipl arni Beruniy «asosiy qoidalar» deb atadi. Beshinchi, asosiy 
qoida diqqatga sazovor. Bu prinsipni asoslashda Beruniy, asosan, Yer harakatsizdir 
degan xulosaga kelsa ham uning ayrim fikrlari bu xulosani uzil-kesil deb bilmaslik 
kerakligini ko‘rsatadi.Chunonchi, u (Yerning) «harakatsizligi aksidensiyadir, 
aksidensiyalar esa doimiy emas» deyishi bunga dalil bo‘la oladi
13
.Beruniy Yerning 
harakatlanishi haqida fikrini boshqa asarlarida ochiqroq aytgan. Masalan, asturlob 
(ko‘chma astronomik asbob) yasashga doir asarida Abu Said Sijiziy yasagan bir 
asturlob haqida bunday deydi: «Men Abu Saida barcha asturloblardan boshqacha 
asturlobni ko‘rdim. Menimcha, u juda yaxshi asbob va osmonning ko‘rinma 
harakatiga emas, balki Yerning qat‘iy harakatliligiga asoslangan».3-bobni sferik 
astronomiyaga kirish deyish mumkin. Bu bobda gorizontal, ekvatorial va ekliptik 
koordinat sistamalari ta‘riflanadi.1-maqolaning 4-bobidan to 11 maqolaning 
oxirigacha xronologiyaga bag‘ishlangan. Bu bobning materiali «Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar» asarining asosiy qismini tashkil qiladi. Shuning uchun bu 
boblar haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Faqat shuni aytish kerakki, Beruniy 11-



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin