International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
23
http://interonconf.com
ABU RAYHON BERUNIYNING ASARLARIDA XRONOLOGIYAGA OID
MA’LUMOTLAR
Raxmatullayev Diyorbek Uralovich
Mahmudov Xudoyberdi Alisher o’g’li
Allamurodov Akbar Ravshan o’g’li
Esanov Hayitali Juma o’g’li
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 2-bosqich tarix yo’nalishi talabalari
Annotatsiya: Istiqlol yillarida ko’hna tariximiz, boy madaniy-ma’naviy merosimiz,
milliy davlatchiligimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, aziz-avliyolarimizning
qarovsizlikdan nurab, deyarli yo’q bo’lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va
madrasalar tubdan ta’mirlandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag’rikenglik, hamjihatlik kabi
olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va
kelajagiga daxldorlik tuyg’usi yuragimizning tub-tubidan o’rin oldi.Darhaqiqat, mustaqillik
tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor
bo’y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniga ega bo’ldik
Kalit so’zlar: Abu Rayhon Beruniy , «Qonuni Ma’sudiy» «quyi planetalar»
«Ptolomey Almajistiy»si, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», metereologiya,
xronologiya
Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) o‘rta
asrning buyuk
enqiklopedist, jahon bo‘yicha eng peshqadam olimlaridan biridir. Beruniy o‘z
zamonasining deyarli barcha fanlarini, avvalo, astronomiya, fizika, matematika,
geodeziya,
geologiya, mineralogiya, geografiya, tarix filologiya kabi fanlarni puxta
elalladi. Alloma mazkur fanlar taraqqiyotiga shu qadar katta hissa qo‘shdiki,
natijada uning nomi jahon ilm-fanining eng ulug‘ siymolari
qatoridan mustahkam
o‘rin oldi. Beruniy ushbu asarni yozishdagi asosiy maqsad va vazifalari haqida
bunday deydi: «Men har bir insonning o‘z san‘atida amalga oshirishi lozim bo‘lgan
ishni qildim. U esa: o‘zidan oldingi kishining ijtihodini (tirishish, g‘ayrat ko‘rsatish)
minnatdorchilik bilan qobil etish, u ijtihodda biror xalal borligi ma‘lum bo‘lsa-
ayniqsa (planetalar) harakatlari miqdorlarining xuddi o‘zini bilish mumkin
bo‘lmasa-qo‘rqmay uni tas‘hih etish va ravshan bo‘lgan fikrni o‘zidan
bir qancha
vaqt keyin keluvchi kishilar uchun estalik qilib qoldirishdir. Men har bobdagi har bir
amal yonida uning illat va sabablarini keltirdim, fikrlovchini o‘zimga taqlid
qilishdan uzoqlashtiradigan, to‘g‘ri ish qilgan bo‘lsam,
uni tasdiqlaydigan, agar
yanglishgan yoki hisobda xato qilgan . Shunday qilib, «qonuni Ma‘sudiy»ni
Beruniyni o‘z vatani – O‘zbekiston xalqlariga yetkazish kun tartibidagi muhim
masaladir. Bu masalani «qonuni Ma‘sudiy»ni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish