International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 27
http://interonconf.com asari, yuqorida aytganimizdek, biror tilga, jumladan, yevropa tillariga tarjima
qilinmagan va yevropalik olimlar tomonidan o‘rganilmagan. Shunday bo‘lsa ham,
buyuk xorazmlik olimning bu asari Yevropa astronomiyasiga bilvosita ta‘sir
ko‘rsatdi.Ma‘lumki, XIII asrning buyuk astronomii Nasriddin Tusiyning (1201-1274)
Marog‘adagi rasadxonasida astronomiyadan asosiy qo‘llanma Beruniyning «qonuni
Ma‘sudiy» asari edi. Nasriddin Tusiy rahbarligida yozilgan «Ziji Elxoniy» (zij-jadval
degani) Beruniy asarining asosiy mag‘zini o‘ziga singdirgan. Keyinroq Ulug‘bekning
(1374-1449) Samarqand rasadxonasida ham «qonuni Ma‘sudiy» asosiy qo‘llanma
bo‘lgan. «Ziji Guragoniy»ning yozilishicha «qonuni Ma‘sudiy» bilan birgalikda «Ziji
Elxoniy» ham ta‘sir ko‘rsatgan.XVII asrning o‘ttizinchi yillarida ingliz astronomii Jon
Grivs (1602-1662) Istanbulda bo‘lib u yerdan Ulug‘bek zijining bir nusxasini olib
ketadi. Shundan so‘ng bu asar Oksford (Angliya) astronomlari tomonidan
o‘rganildi.Shunday qilib, Beruniyning «qonuni Ma‘sudiy» asaridagi astronomik
g‘oyalar-Ziji Go‘ragoniy orqali Yevropa astronomlariga ta‘sir ko‘rsatdi
17
.
Xulosa:Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» medisina tarixida naqadar
muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, Abu Rayxon Beruniyning «Qonuni Ma‘sudiy» asari ham
astronomiya tarixida shunchalik ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi. Bir zamonda
yashagan va bir-birovlarini yaxshi bilgan bu ikki ulug‘ zot medisina va astronomiya
fanlarining o‘sha vaqtga qadar qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarining «qaymog‘i»ni
jamlab unga yakun yasabgina qolmay, o‘zlarining uzoq yillik nazariy va amaliy
tadqiqotlariga tayangan holda bu ikki fan sohasini shunday katta yutuqlar bilan
boyitdilarki, anna shu yutuqlar har ikki «qonun»ning asrlar osha yashashini
qonuniy bir hodisa qilib qo‘ydi.