International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 25
http://interonconf.com maqolaning 5 bobida Eron, Bobil, Rim, Yahudiy podshohlarining va arab
halifalarining xronologik jadvallarini keltirib, Eron, Bobil va Rim podsholarining
ismlarini yunoncha transkripsiyada keltirgan.«Qonuni Ma‘sudiy» III maqolasi
boshdan oyoq matematikaga oid bo‘lib, keyingi maqolalardagi astronomik
hisoblashlar vat adqiqotlar uchun matematik apparat bayon qilinadi. Sferik
astronomiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan geometriya va trigonometriya
masalalari ko‘rib chiqiladi.«Qonuni Ma‘sudiy» IV maqolasi sferik astronomiyaning
asosiy muammolariga va geodeziyaning ba‘zi masalalariga bag‘ishlangan. Maqola
26 bobdan iborat. Bu maqolada keltiriblgan ma‘lumotlar Beruniyning nihoyatda
teran va aniq fikr yuritishini yani bir karra tasdiqlaydi. Masalan, shu maqolaning 1-
bobida ekliptikaning ekvatorga og‘ish burchagini hisoblash usuli bayon qilinadi,
so‘ngra o‘rta asr astronomlarning asosiy astronomik asbobi bo‘lish asturlobning
tuzilishi ta‘riflanadi. Shu bob davomida Beruniy o‘zidan oldin o‘tgan mashhur
astronomlar-yunon olimlari Eratosfen, Gipparx, Ptolomey, Sharq astronomlari-
Yahyo ibn Abu Mansur, Holid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Musa ibn Shokir
o‘g‘illari al-Battoniy, Sanad ibn Ali, mavrlik, damashqlik astronomlar Sulaymon ibn
Ismat Samarqandiy, Abo‘l Xusayn So‘fiy, Abo‘l Vafo Buzjoniy, Abu Hamid
Sug‘oniy, Mansur ibn Talha, Muhammad ibn Ali al-Makkiy va Abu Maxmud
Xujandiylarning ekliptikaning og‘ish burchagi uchun topilgan qiymatlarini keltiradi
va shu bobning oxirida o‘zi topgan qiymat -230 35' ni keltiradi. Beruniyning oxirida
o‘zi topgan qiymat – 230 34' dan faqat 1' ga farq qiladi, holos
14
.Yana bir misol. 2 bob
oxirida graduslarning og‘ishlar va kengliklar jadvallari keltiriblgan. Beruniyning bu
jadvallari undan oldin tuzilgan jadvallar ichida eng aniqlaridan biri hisoblanadi.
Ma‘lumki, hozirgi zamon matematik simvolikasi asosan XVII asr oxirilarida yuzaga
keldi. U davrgacha matematik belgilarning bo‘lmaganligi matematika fanining
rivojlanishini birmuncha orqaga surdi. Shunga qaramay, Beruniy matematik
formulalardan foydalanmasdan so‘z bilan aytilgan qoidalari hozirgi zamon
formulalariga ko‘chirilsa, uning aqLiy mulohazalash qobiliyatining nihoyatda kuchli
bo‘lganligiga ishonch hosil qilish mumkin.IV maqoladan yana bir qiziq dalil
keltiramiz. Beruniy shu maqolaning 23 va 24 boblarida «to‘rt vatad», «qoziq»ni
ta‘riflaydi. Shundan so‘ng Beruniy «ko‘rinish iqlimi kengligi» degan yangi
tushuncha kiritadi va uni «ko‘ruvchi og‘ish» va «kunduz yarmi balandligi»ning
funksiyasi sifatida topiladi.Beruniy kiritgan bu funksiya tushunchasi undan avvalgi
arab va yunon astronomiyasida qo‘llanmagan va faqat hind-astronomiyasida
qo‘llanilgan. Demak Beruniy bu tushunchani birinchi bo‘lib o‘sha davr
astronomiyasiga kiritdi.V maqolada o‘rta asr fani oldida turgan eng mushkul
masalalardan
biri-joyning
geografik
uzunligini
aniqlash,
shuningdek
koordinatalarni, masofalarni va joylar azimutini hisoblash bilan bog‘liq masalalar