International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 26
http://interonconf.com mufassal bayon etiladi.Jumladan, V maqolaning 8-11 boblari diqqatga sazovordir.
Chunonchi, 8-bobda muallif Yer Shimoliy yarim sharini yetti mintaqaga bo‘ladi.9-
bobda Yerning odamlar yashaydigan (ma‘mur) qismi tavsiflanadi. Shuningdek, turli
xalqlarda Yer ma‘mur qismining qanday bo‘lishi bayon qilinadi.10-bobda yetti iqlim
bo‘yicha joylashgan mamlakatlar, o‘lkalar, viloyatlar, orollar, shaharlar va ularning
geografik koordinatalarining jadvallari keltiriblgan. Bu yerda Yaqin va O‘rta Sharq,
O‘rta Osiyo, g‘arbiy Hindiston shaharlari haqidagi ma‘lumotlar anchagina aniq
berilgan.Shunisi diqqatga sazovorki, Beruniy ushbu bobda Shosh viloyati, ya‘ni
qadimiy Toshkent viloyatining poytaxtini, «Toshkent» deb ataydi. Demak,
respublikamiz poytaxtining nomi kamida ming yillik tarixga ega.Beruniy Sharqiy
Yevropada o‘sha davrda yashagan saqlab (slavyan), rus (normann), burjon (bolgar),
unqra (venger) va yura (ugro-fin) qabilalari hamda Sharqiy Yevropa \turkman
sug‘d xalqlari haqida xabarlar beradi.V-maqolaning eng oxiri, II bobida har xil
shartlarga ko‘ra joyning kengligi va og‘ishini topishga doir masalalar va Sharqning
mashhur astronom va matematiklari: Sobit ibn qurra, Sanad ibn Ali,
Annayriziylarning shu masalalarni yechish usullari keltiriblgan
15
.Masalaning
shartiga qarab, kenglik va og‘ishni topish qoidasi ixcham, ba‘zan esa murakkab
formula ko‘rinishini oladi.Asarning VI maqolasi quyoshga va uning harakati
natijasida sodir bo‘ladigan hodisalarga bag‘ishlangan. Shu maqolada uch burchak
qoidasiga ko‘ra shaharlar orasidagi masofani topish masalasi ham ko‘riladi. Bu
maqolada Beruniy quyosh apogeyining harakatlanuvchi ekanligini hisoblaydi.VII
maqolada Oy va uning harakatlariga bag‘ishlanadi.VII maqolada quyosh va Oy
tutilishlari haqida baxs yuritiladi. Bu yerda Beruniy juda aniq formulalarga asoslanib
quyosh va Oy tutilishi jadvallarini keltiradi. Jadvallarda eramizdan avvalgi VIII
asrdan beri sodir bo‘lgan quyosh tutilishlarining aniq vaqti hisoblangan. Shu bilan
birga u o‘zidan keyingi asrlarda ro‘y beradigan quyosh tutilishi vaqtlarini ham
hisoblab chiqargan. Beruniy Oy to‘tilganda Yerning ikki nuqtasidan turib kuzatish
o‘tkazish yo‘li bilan joyning geografik uzunligini aniqlash usulini nihoyatda
takomilligini yetkazdi. Olim joyning geografik kengligini aniqlash bobida juda katta
ish qildi.IX maqola turg‘un yulduzlarga bag‘ishlangan. Bu maqolada Beruniy
cheksiz koinotdagi tumanliklar yulduzlar to‘plamidan iborat ekanligini ta‘kidlaydi
va shu bilan qadimgi yunon astronomlarining tumanliklar bug‘ to‘plamlaridan
iborat, degan fikrlari noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. Shu maqolada Beruniy 1029
yulduz katalogini keltiradi. Uning katalogi O‘rta asrlarda ham va birmuncha keyingi
vaqtlarda ham eng mukammal katalog bo‘lib qoladi
16
.X maqolada planetalar
harakatiga bag‘ishlangan. Bu yerda planetalar harakat jadvallari ulargacha bo‘lgan
masofalar, ularning kattaligiga oid miqdorlar keltiribladi.XI maqola ob-havo
(metereologiya) va qisman astrologiyaga bag‘ishlangan. Beruniy «qonuni Ma‘sudiy»