Zamonaviy insonning kundalik hayotida foydalanadigan muhim qurilma va vositalar qatoridan planshet, mobil telefoni va kompyuterlar ham allaqajon mustahkam o’rin egallashga ulgurgan.
Zamonaviy insonning kundalik hayotida foydalanadigan muhim qurilma va vositalar qatoridan planshet, mobil telefoni va kompyuterlar ham allaqajon mustahkam o’rin egallashga ulgurgan. Ota-onalariga taqlid qilib osib-ulgayadigan bolakaylar mazkur gadjetlarga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Ularda: ota-onasi yoki boshqa yaqinlari qo’ldan qo’ymay foydalanaptimi, demak, ular zarur buyum ekan degan fikr shakllanmoqda.
Ota-onalar tomonidan jajji farzandlarining hayotiga, keyingi davrlarda jadjetlar deb ataladigan qurilmalarning joriy etilib borilishi esa go’dak qiziqishini yanada orttiradi. Masalan, ayrimlar bola injiqlik qilavermasligi uchun uni ovutish uchun mazkur qurilmalardan birini qo’liga tutqazsalar, boshqalar uning zarari haqida uqtirib, bolaning yaqinlashishini taqiqlaydilar, bu esa bolada yanada katta qiziqish uyg’onishiga sabab bo‗ladi.
Zamonaviy bolalar ayni axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida tug’ilib, voyaga yetmoqdalar. Bolalarda maktabgacha tarbiya yoshidagi davridayoq zamonaviy gadjetlardan foydalanish malakasi shakllanib borayotgani ham hech kimga sir emas. Bolalarning ota-onalar nazoratisiz mazkur qurilmalardan foydalanishi yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Bundan tashqari, ba‘zan hatto boshlang’ich sinf o’quvchisiga ham kompyuter savodxonligi zarurati yuzaga keladi.
Shu sababdan ham ota-onalar tomonidan ba‘zi holatlarda farzandlarining elektron qurilmalardan foydalanishiga ruxsat etishlariga keladi. Mazkur gadjetlar bola ruhiyatiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi? Ularning rivojlanishi, olamni anglashidagi ta‘sirini o’rganayotgan psixologlar: gadjetlar bola rivojiga qanchalik ijobiy ta‘sir etsa, undan ham ortiqroq salbiy ta‘sir etishini ta‘kidlamoqdalar.
Gadjet(inglizcha gadget — ixcham buyum, moslama, qurilma, ermak buyum ma’nolarini anglatadi) — inson hayotini yengillashtirish hamda takomillashtirishga yordam berish uchun mo‗ljallab ishlab chiqarilgan qurilma bo‗lib, turli sohalarda keng
qo’llaniladi, jumladan: sportda — fitnes-trekerlar, smart-bilakuzuklar, sport devayslari, shuningdek, «aqlli» kiyimlar va boshqalar. Tibbiyotda: elektron plastirlar, trikoderlar, gidrokopterlar, ekzoskeletlar va boshqalar. Kundalik hayotda: smartfonlar, planshetlar, musiqiy pleyerlar, o‗yin pristavkalari, virtual muhit hissini to‗ldiruvchi qo‗shimcha ko‗zoynaklar va boshqalardan iborat. Bugungi kunda mazkur atamadan ham, mazkur tushuncha bilan ataladigan qurilmalardan ham hayotimizda keng foydalanmoqdamiz. Biroq har qanday narsada me‘yor bo‗lishi kerak bo‗lganidek, mazkur gadjetlardan me‘yoridan ortiq foydalanish ham albatta, zararli ta‘sir ko‗rsatishi aniq.
Ayrim ota-onalar farzandlari zamon bilan hamnafas bo’lib o’sishi uchun jajji go’dak qo’liga gadjetlarni beradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ularni mustaqil qo’lga olib, virtual o’yinlari funksiyasiga kirib, bemalol foydalana olishini ham, boshlang’ich sinf o’quvchilari esa Internetni o’zlashtira boshlayotganlarining ham guvohi bo’lmoqdamiz. Bu albatta, nafaqat ota-onalar, balki o’qituvchilar, tarbiya sohasi xodimlari, pedagog va psixologlarni xavotirga solmoqda.