Техник конструкциялаш ва моделлаш


Texnik loyihalash jarayoni



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə34/104
tarix12.01.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#79035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan

Texnik loyihalash jarayoni. Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o‘z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak tomon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruksiyasini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Loyihalashning dastlabki bosqichida erishilishi lozim bo‘lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So‘ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g‘oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo‘llash yo‘nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi. Bunda model ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi.
Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastlabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashinaning prinsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari; avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi; uni tayyorlovchi korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo‘yilgan texnik talablar.
O‘quv binosiga qo‘yiladigan talablar. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan texnik loyihalash va modellashtirish mashg‘ulotlari uchun ko‘pincha o‘quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar berish; tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarining amalga oshirish; texnik bilimlarni mehnat usullarini, bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muhofazasiga talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiyenik va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim:

  1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-gigiyenik va ishlab chiqarish-texnik talablarni qanoatlantirishi kerak.

  2. O‘quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat ustaxona amaliyoti dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim.

  3. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o‘rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy gruppaviy hamda brigada - zvenoli va potokli ishlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur.

  4. Har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o‘rni ajratilishi lozim.

  5. Pedagog uchun tegishli jihozlar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko‘tarilgan namunali ish o‘rni tashkil etilishi lozim.

  6. Ustaxonalarda talabalarga eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoit bo‘lishi shart.

  7. O‘quv ustaxonalari hajmli va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur.

  8. Yordamchi binolar (asbobxona va sklad) o‘quv ustaxonasiga yaqin bo‘lishi kerak.

  9. Tashqaridagi tovushlar, talabalarning e’tiborini ishdan chalg‘itadigan va mehnat jarayoniga halaqit beradigan shovqin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim.


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin