1. Fanning maqsad va vazifalari. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;