Техник конструкциялаш ва моделлаш


Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə5/104
tarix12.01.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#79035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan

2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir. O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tish, mustahkamlash va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzish va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi.
Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin