49-rasm. Asfaltbeton aralashmani doimiy ishlab turuvchi aralashtirgich yordamida tayyorlash texnologik jarayonining tasviri.
1-bitum qizdirgich, 2-suyuq yonilg`i idishi, 3-qizdirib-xaydovchi agregat, 4-bitum uchun tsisterna, 5-mineral kukun uchun agregat, 6-ABZ ishini boshqaruvchi xona, 7-qirkilgan tosh va qum uchun omborxona, 8-ta`minot agregati, 9-chang ushlab qoluvchi tizim, 10-quritish agregatining aylanma idishi (baraban), 11-aralashtiruvchi agregat, 12-to`plovchi idish. Saqich omborxonadan isitilib qizdirgichga beriladi va u yerda suv tomchilaridan xolis qilinib ishchi haroratda to`plagich idishiga quyiladi. Undan keyin tegishli qismlagich orqali mineral moddalar to`plangan aralashtirgichga quyilib obdon aralashtiriladi. Tayyor maxsulot ag`dargich avtomobilga yoki maxsus idishga to`kiladi.
Asfaltbeton qoplamasini qurish texnologiyasi aralashmani ABZ-dan tashib kelish, uni asfaltbeton yotqazuvchi qurilma yordamida berilgan qalinlikda bostirish va jipslashtirishdan iborat. Asfaltbeton qoplama tozalangan quruq asosga ochiq havoda tashqi muxit harorati bahorda +50 0C, kuzda +10 0C dan kam bo`lmaganda yotqaziladi. Iliq aralashmani tashqi muxit harorati -10 0C da ham qurishga ruxsat etiladi. Qoplama asosi yoki pastki qatlamga, qatlamlar o`zaro yaxshi ilashishi uchun suyuq yoki qizdirilgan saqich bilan ishlov beriladi.
Aralashma shinali yoki temirzanjirli asfaltbeton yotqizgich bilan 50-rasmda ko`rsatilgan tartibda bostiriladi.
Issiq va iliq aralashmalar yassi yuzali o`zi yurar g`ildiraklar yordamida tekislanadi. G`ildirak o`tgandan keyin qatlam yuzasida uydim-chuqur va g`adir-budurlar bo`lmasdan tekis bo`lishi kerak. G`ildiraklar yurish jarayonida jipslik sifati laboratoriya usulida tekshiriladi.
2. Yer ishlari.
3. Suv haydash qurilmasi va sizot suvi yo`li (drenaj), himoya qatlamlari.
4. Botqoqlikda yerli yo`l asosini qurish.
5. Tekkislash, shakl berish va shibbalash ishlari.
6. Yo`l kiyimlari qurilishini tashkil etish va mexanizatsiyalash.
7. Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli.