Tekislash shakl berish va shibbalash ishlari



Yüklə 116,28 Kb.
səhifə8/8
tarix22.05.2023
ölçüsü116,28 Kb.
#119671
1   2   3   4   5   6   7   8
TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI

49-rasm. Asfaltbeton aralashmani doimiy ishlab turuvchi aralashtirgich yordamida tayyorlash texnologik jarayonining tasviri.
1-bitum qizdirgich, 2-suyuq yonilg`i idishi, 3-qizdirib-xaydovchi agregat, 4-bitum uchun tsisterna, 5-mineral kukun uchun agregat, 6-ABZ ishini boshqaruvchi xona, 7-qirkilgan tosh va qum uchun omborxona, 8-ta`minot agregati, 9-chang ushlab qoluvchi tizim, 10-quritish agregatining aylanma idishi (baraban), 11-aralashtiruvchi agregat, 12-to`plovchi idish.
Saqich omborxonadan isitilib qizdirgichga beriladi va u yerda suv tomchilaridan xolis qilinib ishchi haroratda to`plagich idishiga quyiladi. Undan keyin tegishli qismlagich orqali mineral moddalar to`plangan aralashtirgichga quyilib obdon aralashtiriladi. Tayyor maxsulot ag`dargich avtomobilga yoki maxsus idishga to`kiladi.
Asfaltbeton qoplamasini qurish texnologiyasi aralashmani ABZ-dan tashib kelish, uni asfaltbeton yotqazuvchi qurilma yordamida berilgan qalinlikda bostirish va jipslashtirishdan iborat. Asfaltbeton qoplama tozalangan quruq asosga ochiq havoda tashqi muxit harorati bahorda +50 0C, kuzda +10 0C dan kam bo`lmaganda yotqaziladi. Iliq aralashmani tashqi muxit harorati -10 0C da ham qurishga ruxsat etiladi. Qoplama asosi yoki pastki qatlamga, qatlamlar o`zaro yaxshi ilashishi uchun suyuq yoki qizdirilgan saqich bilan ishlov beriladi.
Aralashma shinali yoki temirzanjirli asfaltbeton yotqizgich bilan 50-rasmda ko`rsatilgan tartibda bostiriladi.
Issiq va iliq aralashmalar yassi yuzali o`zi yurar g`ildiraklar yordamida tekislanadi. G`ildirak o`tgandan keyin qatlam yuzasida uydim-chuqur va g`adir-budurlar bo`lmasdan tekis bo`lishi kerak. G`ildiraklar yurish jarayonida jipslik sifati laboratoriya usulida tekshiriladi.

50-rasm. Asfaltbeton aralashmadan qilinadigan qoplamaning texnologik tasviri. 1-o`zi yuruvchi jipslovchi og`ir g`ildirakli agregat (kotok), 2-qoplama qalinligini sozlagich, 3-silliqlovchi plita, 4-jipslovchi yuk, 5-taqsimlovchi o`tkazgich (shnek), 6-avtoyotkazgich idishi, 7-avtoag`dargich aralashma bilan.


Nazorat uchun savollar

1. Qurilishning oqimli usuli.


2. Yer ishlari.
3. Suv haydash qurilmasi va sizot suvi yo`li (drenaj), himoya qatlamlari.
4. Botqoqlikda yerli yo`l asosini qurish.
5. Tekkislash, shakl berish va shibbalash ishlari.
6. Yo`l kiyimlari qurilishini tashkil etish va mexanizatsiyalash.
7. Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli.
Yüklə 116,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin