Tekislash shakl berish va shibbalash ishlari



Yüklə 116,28 Kb.
səhifə4/8
tarix22.05.2023
ölçüsü116,28 Kb.
#119671
1   2   3   4   5   6   7   8
TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI

Shakl berish ishlari -yerli asosga yo`l qismining tayyor bo`lishiga qarab ohirgi shakl beriladi va qirg`oqlariga o`tlar ekiladi. Qishda bu ishlar tuproqlar erigandan keyin amalga oshiriladi. SHakl berish ishlarini bajarish davrida barcha kirish va chiqish yo`llari olib tashlanadi.
Yo`l yoqasidagi marzalarga qoplama o`rnatilgandan keyin mayda ashyolar sepiladi. Marzalarga tuproq tashish ishlari yon tomondan ashyo to`kadigan ag`dargichli avtomobillar bilan bajariladi. Yo`l yoqasidan qirqib olingan tuproqni birdaniga marzalarga to`kish ishlarini bajaradigan mashinalardan foydalanish samarali bo`ladi.
Mustaxkamlash ishlari Yo`l asosi qirg`oqlari ko`p yillik o`tlarni mexanizatsiya yordamida ekish bilan mustaxkamlanadi. Ular kam chiqim bilan tezda mustaxkam o`t qoplamaga ega bo`ladi. Ko`kalamzorlashtirish ishlari asosan bahorda va kuzda amalga oshiriladi. Nam iqlimli va yog`ingarchilik ko`p bo`lgan hamda yo`l qirg`oqlari sun`iy yomg`ir bilan namlanadigan joylarda ko`kalamlashtirish ishlari yozda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ko`p yillik o`tlarni suvli ekish ishlari avtomobil shassisiga o`rnatilgan maxsus ekish moslamasi bilan amalga oshiriladi. Ishchi aralashma ko`p yillik o`t urug`i, mineral o`g`it, parda hosil qiluvchi ashyo va suvlardan iborat bo`ladi.


6. Yo`l kiyimlari qurilishini tashkil etish va mexanizatsiyalash.
Yo`l kiyimlari qurilishi yerli asos ishlari tugallangandan keyin boshlanadi. SHuningdek sun`iy inshoatlar qurilishi ham yakunlanishi zarur. Yo`l kiyimlari o`zida ishlab chiqarish korxonalarining bir tekisda joylanishi, texnika va transport vositalari, qurilish materiallari, yig`ma (konstruktsiyalar) ashyolar, yarim fabrikat, ta`minot manba`larini aks ettirgan loyiha asosida quriladi. Qurilishni tashkil etish loyihasi kunlar bo`yicha reja yoki yo`l ishlarini bajarish muddatlari ko`rsatilgan kundalik chiziqli jadvalni o`z ichiga oladi.
Ishni tashkil etish loyihasini shu ishni tashkil etuvchi qurilish tashkiloti tuzadi. Unda kundalik chiziqli ish jadvali, barcha turdagi inshoatlarning ish hajmi va tuzilishi to`g`risidagi axborot, texnologik karta, ishni tashkil etish tartibi va boshqalar ko`rsatiladi.

Yüklə 116,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin